Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Қўқон филиали 15-21 эаичт гуруҳ талабаси Умаров Отабекнинг Электроника ва оптоэлектроника фанидан тайёрлаган мустақил таълим иши mavzu: Quyosh elementining parametrlarini xisoblash


Download 204.61 Kb.
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi204.61 Kb.
#1155842
1   2   3   4   5
Bog'liq
Электроника ва Оптоэлектроника

Qaytarishga qarshi qoplamalar:

      • Qaytarishga qarshi qoplamalar ma’lum qalinlikli va sindirish ko‘rsatgichli shaffof plyonkalardir.

      • Yarimo‘tkazgichdan qaytish interferensiya natijasida pasayadi.

      • Kremniy (Si) elementi uchun muxim material kremniy nitrididir (SiNx).

Teksturlash. Teksturlash yutilgan nurlanish ulushi va optik yo‘l ulushini oshiradi. Kremniyli quyosh elementlarini suyuq kimyoviy ishlov berish orqali teksturlanadi. NaOH, KOH da monokristal kremniy uchun anizotrop ishlov beriladi. HF, HNO3 , H2SO4 da polikristal kremniy uchun izotrop ishlov beriladi(2.5 – rasm) [35].


    1. rasm. Quyosh elementi sirtining teksturasi.

Quyosh elementida rekombinatsiya. Rekombinatsiya ham tokka, ham kuchlanishga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun uni pasaytirish quyosh elementlari uchun muximdir. Odatda rekombinatsiyani ikki tashkil etuvchiga ajratiladi; yarimo‘tkazgich hajmidagi rekombinatsiya va sirtiy rekombinatsiya. Taglik nuqsonlari murtaklar va kirishmalar chegarasi xisobiga yuzaga keladi. Kristalni o‘stirishning maxsus texnologiyalari yordamida kamaytirish mumkin. Sirtiy rekombinatsiyani pasaytirishning ikkita asosiy usuli mavjud: 1) Maydonni passivlash; 2)Dielektrik plyonka bilan passivlash.
Quvvat. Shunday qilib quyosh elementi kuchlanish va tokni xosil qiladi. Bu p – n o‘tish nurlanish ta’siri ostida hosil qilish mumkin bo‘lgan maxsimal tok va kuchlanishni ko‘rib chiqdik. Biz quvvatni bilishimiz zarur, ya’ni tok va kuchlanish ko‘paytmasini (2.6 – rasm) [45].


    1. rasm. QE quvvatining kuchlanishga bog‘lanish grafigi.



  • P – n o‘tish orqali tok nurlanishga bog‘liq.

  • Maxsimal quvvatni topish uchun, kuchlanish va tokning barcha mosliklarini topish kerak.

Foto quyosh elementining pik quvvati 0,47 V atrofidagi kuchlanishga mos keladi.
Shunday qilib, quyosh elementi samarasini to‘g‘ri baxolash, hamda bir xil sharoitda elementni o‘zaro taqqoslash uchun uni shunday yuklash kerakki,bunda chiqish kuchlanishi 0,47 V ga teng bo‘lsin.

Download 204.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling