Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/34
Sana05.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1274101
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
O\'KvaI(laboratoriya)

4.1-rasm. «Sterjen-tekislik» elektrodlar oralig‘iga to‘siq o‘rnatilgandagi maydonning
taqsimlanishi: 
a) «sterjen-tekislik» oralig‘iga yassi to‘siq o‘rnatilgan; 
b) to‘siqning kuchlanganlik taqsimlanishiga ta’siri 
Tashqi tarafdagi maydon kuchlanganligi oldingiday ko‘payaveradi, lekin bu kuchlanganlik iloji 
boricha bir tekis taqsimlanishga harakat qila-di. Shuning uchun musbat zaryadlangan sterjen 
yaqiniga o‘rna-tilgan to‘siq razryadlanish kuchlanishining anchagina ko‘payi-shiga olib keladi.
Sterjen manfiy zaryadlanganda jarayon boshqacha bo‘ladi. Sterjendan harakatlanayotgan elektron 
to‘siqqa uchrab o‘zining tezligini yo‘qotadi, ularning ko‘pchiligi kislorod atomi bilan birlashib 
to‘siq sirtida taqsimlanuvchi manfiy ionlarni hosil qiladi. Shunday qilib, to‘siq konsentratsiya-
langan manfiy hajmiy zaryadning paydo bo‘lishiga olib keladi, chunki u to‘siq yo‘q paytida juda 
kichik qiymatni tashkil etadi. 


33 
To‘siq bo‘lmagan holatda asosiy rolni tashqi maydon kuchlanganligini kamaytiruvchi musbat 
hajmiy zaryad o‘ynasa, to‘siq bor holda esa uning sirtida yig‘ilgan tashqi atrof maydonini 
kuchaytiruvchi manfiy hajmiy zaryad asosiy rolni bajaradi. Shunday qilib, sterjen manfiy zar-
yadlanganda oraliqning o‘rtasiga o‘rnatilgan to‘siq razryadlanish kuchlanishini kamay-tiradi.
Laboratoriya ishi shuni ko‘rsatadiki, agar to‘siq elektrodlar o‘rtasiga joylashtirilsa, razryadlanish 
kuchlanishi elektrodlar-ning musbat va manfiy qutblanishida bir-biriga juda yaqin bo‘ladi. Bu 
holda butun oraliqning elektr mustahkamligi to‘siq hamda tekislik oralig‘ining elektr mustahkam-
ligi bilan aniqlanadi (4.2-rasm).
Agar to‘siq musbat elektrod yaqiniga joylashtirilsa, uning roli kamayadi, chunki to‘siqda hajmiy 
zaryadning taqsimlanishi kes-kin notekis bo‘lib, maydon kuchlanganligi esa to‘siqning sirtida 
yetarlicha katta bo‘lganligidan to‘siqning orqa tomonida ionla-shish jarayonining rivojlanishiga 
olib keladi. Bevosita hosil bo‘lgan musbat ionlar to‘siq tomonidan ushlab qolinmaydi va 
oraliqning ichki qismlarida razryadning rivojlanishiga qolib keladi. To‘siqning bevosita manfiy 
elektrod, ya’ni kuchli maydon yaqinida joylashishida u katta tezlik bilan uchib kelayotgan
elektronlarni ushlab qolish imkoniga ega emas, ular to‘siqni teshib o‘tib ketishidan to‘siq sirtida 
katta manfiy hajmiy zaryadning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. To‘siqning teskari tomonida 
ionlashish natijasida hosil bo‘lgan musbat ionlar maydonning yanada kuchli buzilishiga olib 
keladi. Shunday qilib, to‘siqning musbat zaryadlangan sterjendan (0,25

0,3) sm maso-fada joy-
lashishi razryadlanish kuchlanishini taxminan 2 martagacha oshirishi mumkin. Bu qattiq va 
gazsimon dielektriklar-ning kombinatsiyalangan izolatsiya konstruksiyasiga misol bo‘ladi. Bun-
day kombinatsiyalashgan izolatsiya konstruksiyalari ko‘pgina elektr apparatlar va mashinalarning 
izolatsiyalarida ko‘p uchraydi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling