Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/34
Sana05.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1274101
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
O\'KvaI(laboratoriya)

 
2. Ishni bajarish tartibi: 
Ko‘rinuvchan tojlanishning paydo bo‘lishini kuzatish qoron-g‘i xonada, kuchlanishning tojla-
nishning izi (mahalliy tojlanish) yoki o‘tkazgichning butun yuzasining yallig‘lanishi (turg‘un-
lashgan tojlanish) paydo bo‘lishdagi qiymatini o‘rnatish yo‘li bilan subyektiv usul orqali amalga 
oshiriladi. Bu laboratoriyada kuchlanish manbai rolini ikki chiqishli Simen-Shukkert firmasining 
sinash transformatori bajaradi, uning chiqishlariga ikkita yaxshi tortilgan parallel sim ulanadi. 
Tojlanishning paydo bo‘lishi simlarning sirtida yallig‘lanish orqali amalga oshiriladi, chunki 
tojlanishning boshqa belgilari (azonning hosil bo‘lishi, shovqin) tojlanishning boshlang‘ich 
bosqichlarida kichik intensivlikda o‘zgaradi va tashqi begona sabablardan paydo bo‘lishi mum-
kin. 
Yana shuni ta’kidlash lozimki, tojlanishga bo‘layotgan isrof yallig‘lanish paydo bo‘lgunga qadar 
hosil bo‘ladi va bunga tojlanish razryadining qorong‘i bosqichi deyiladi. 
Barcha o‘tkazgichlarning sirti bo‘ylab yallig‘lanish paydo bo‘lganda tojlanishga bo‘layotgan 
energiya isrofi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi gan darajada oshib ketadi. Shuning uchun elektr uzatish 
yo‘llarini loyihalashda liniyaning parametrlari shunday tanlanadiki, unda ko‘rinuvchan tojlanish 
yo‘q bo‘lsin. Shu sababdan tojlanish ayrim nuqtalarda, ya’ni simlarning qisqichga biriktirilgan 
joylarida paydo bo‘lishiga ruxsat etiladi. 


44 
Yetarlicha aniqlikda yallig‘lanishning boshlanishini belgilash maqsadida, ya’ni kuzatuvchilarning 
ko‘zi qorong‘ilikka o‘rganishi (akkomodatsiya) uchun ular laboratoriya o‘tkazi-ladigan xonaga 
biroz oldin kirishlari kerak. 
Kuchlanish berilgandan keyin, uni yallig‘lanishning aniq ko‘rinishi paydo bo‘lgunga qadar ko‘ta 
rib borish kerak. Keyinchalik esa kuchlanishni asta sekin (1 kV/s) tezlikda oxirgi yallig‘langan 
nuqtaning yo‘qolishigacha pasaytirib boriladi. Tojlanish to‘la yo‘qoladigan kuchlanish mini-
mum uch marta o‘lchanishi kerak. Shu uchta o‘lchovning o‘rtachasi olinadi. Tojlanishning 
paydo bo‘lish nuqtalarini aniqlashda teskari yo‘nalishda borish biroz noqulay, chunki kuchla-
nishni asta-sekin ko‘ta rib borilishida qorong‘ilikda paydo bo‘layotgan yallig‘lanayotgan 
nuqtalarni izlab topishdagi qiymati uning yo‘qolishidagi kuchlanishdan yuqori. 
Laboratoriya ishidan olingan qiymatlarni adabiyotdagisi bilan solishtirish uchun Pikning (1) va 
(2) formulalari bilan hisob-langan bog‘lanishni ko‘rish kerak. Barcha olingan qiymatlar qu-yida 
keltirilgan jadvalga kiritiladi. 
Laboratoriya ishini bajarishda simlarning parallelligini, bural-maganligini, tirnalmaganligini 
tekshirish kerak. Simlarning diametrlari uning ikki-uch joyida shtangensirkul yoki mikrometr 
bilan o‘lchanadi va ularning o‘rtachasi olinadi. Simlarning namunasi o‘qituvchi tomonidan be-
riladi. Har bir laboratoriya uchun 5-7 nuqta olinadi va quyida keltirilgan 5-jadvalga kiritiladi. 
r=sonst 
5.5-jadval 
Laboratoriya natijalari 
Hisobiy natijalar 

U
1
[V] 
U
2
E
2

U′
2
E′
2
sm 


3 o’r kV
max
kV
max
/sm 
mm sim.ust 
kV
max
kV
max
/sm 









10 
11 









10 
Xuddi shunday jadval o‘tkazgichlar orasidagi masofa o‘zgarmas bo‘lgandagi hol uchun ham 
to‘ldiriladi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling