Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi
-MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi (4)
1-MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR
MUVOZANATI Reja: 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni 2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni 3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati 4. Talab va taklif elastikligi Talab va taklif iqtisodiyot nazariyasining eng ko‘p ishlatiladigan tushunchalari. Talab va taklif bozor iqtisodiyoti mexanizmini harakatga keltiruvchi kuchdir. Ular ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning miqdorini hamda ushbu mahsulot narxini aniqlab beradi. Bu mavzuda avvalo talab va taklifga narx ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning o‘rnatilishi tushuntirib beriladi. Bu yerda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi. Mavzuning yakunida elastiklik tushunchasi, hamda talab va taklif elastiklik hisoblanishi bilan tanishib chiqamiz. 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Talab iqtisodchi uchun sehrli so‘z, chunki bu tushunchaning ichida xavflilik va quvonch, samaradorlik va falokat yashirinib turadi. Haqiqatdan ham qondirilmagan talab ishlab chiqarishning o‘sishini rag‘batlantirish yoki narxlar o‘sishini yuzaga keltirishi mumkin; talabning kamayishi iqtisodiyot tuzilishdagi o‘zgarishiga yoki ortiqcha ishlab chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin. Xullas, talab – iqtisodiyotning «joni»dir, shuning uchun ham uning tahlili o‘ta muhim. Talab va taklif tushunchalari bevosita bozor tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, uning ta’rifini beraylik. Bozor – bu muayyan tovar va xizmatlarning sotuvchi va xaridorlarini birlashtiradigan institut yoki mexanizm. Bu yerda biz ko‘p sonli mustaqil ravishda amal qilayotgan sotuvchi va xaridorlardan iborat bo‘lgan raqobatli bozorlarni ko‘rib chiqamiz. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling