37
18-rasm. Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi iqtisodiy va
buxgalterlik foydasining farqlanishi
Ishlab chiqaruvchi nima uchun xarajatlarning turlarini bilishi lozim?
Qisqa muddatli davrda firmada mahsulot chiqarilmasa ham doimiy
xarajatlar mavjud bo‘ladi. Agar firma faoliyatidan ko‘radigan
zarari
doimiy xarajatlar miqdoridan kamroq bo‘lsa, firma o‘z ishini davom
ettirishi ma’qul.
Aks holda, ya’ni agar firma yopilsa, u ko‘proq
zarar
ko‘radi. Agar qisqa muddatli davrda firma ko‘rgan zarari uning doimiy
xarajatlardan oshib ketsa, unda firma yopilgani ma’qul.
Me’yoriy xarajatlar grafigi o‘rta o‘zgaruvchan hamda o‘rta umumiy
xarajatlar egri chiziqlarini ularning minimum nuqtasida kesib o‘tadi (19-
rasm). Ishlab chiqarish hajmi 0 dan Q4 gacha oshganda, o‘rta xarajatlar
pasayadi, demak mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foyda o‘sadi. Ishlab
chiqarish hajmi Q4 dan keyingi o‘sishi o‘rta xarajatlarning oshishi bilan
kuzatiladi. Bu esa mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foydaning
pasayishini bildiradi.
O‘rta umumiy xarajatlar (ATS) miqdori ma’lum bo‘lsa,
olinadigan
foydani hisoblab chiqish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: