Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi
Qurilish maydonlarida yong’in xavfsizligini ta’minlash
Download 1.48 Mb.
|
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.6. Qurilish ashyolari bilash ishlashda qurilish maydonlarida yonginga qarshi bo’linma va seksiyalarni tashkil etish. Yong’inga qarshi bo’linma
2.4. Qurilish maydonlarida yong’in xavfsizligini ta’minlash
Harqanday qurilish maydonidagi yong’in xavfsizligi, ko’p jihatdan qurilish bosh tarxida yong’inga qarshi tadbirlarni me’yor talabi darajasida puxta ishlanganligiga va ish jarayonida ularni to’liq bajarilishiga bog’liqdir. Jumladan unda doimiy va muvaqqat qurilajak binolar orasidagi yong’inga qarshi oraliqlar, avtomobil yo’llari va piyodalar uchun yo’lkalar, ko’prikchalar, yonishga moyil ashyolarni xavfsiz saqlanishini ta’minlash, suv ta’minoti tarmoqlari va kanalizatsiyani kiritish, elektr tarmoqlari va yoritgichlarni o’rnatish, yong’in paytida ishlatish uchun gidrantlarni o’rnatish yoki shu maqsad uchun suv olish manba’larini tayinlash, olov yoqish va chekish uchun xavfsiz joylarni belgilash va hokazolar batafsil yoritilgan bo’lishi kerak. Qurilish maydonini tayyorlash davridayoq kanalizatsiya va suv tarmog’ini kiritib, yong’in gidrantlarini bir-biridan 100 m dan va foydalanajak binodan 5 m ko’p bo’lmagan masofada o’rnatish lozim bo’ladi. Gidrantlarni joylashgan joyida yoritgichlar o’rnatilgan bo’lib, moshinalar uchun asfalt yotqizilgan yo’llar bo’lishi shart va ko’zga ko’rinadigan qilib PG deb yozib qo’yilgan bo’lishi kerak Qurilish maydonida yonuvchan chiqindilar (yog’och qipiqlari, payraxalar , qirindi va boshqalar) ni saqlash joyini to’g’ri tanlash, ya’ni shamol chiqib ketadigan yo’nalish bo’yicha bino va inshootlardan kam deganda 50 m masofada uzoqlashgan erda joy-lashgan bo’lishi kerak 2.6. Qurilish ashyolari bilash ishlashda qurilish maydonlarida yonginga qarshi bo’linma va seksiyalarni tashkil etish. Yong’inga qarshi bo’linma deb, binoning shunday qismiga aytiladiki, uning chor atrofi va tomi o’tga chidamli to’siqlar bilan o’ralgan bo’lib, olovni yon taraflarga tarqab ketmasligini ta’minlashga va undagi yong’inni tezda bartaraf etishga xizmat qiladi. Zamonaviy korxonalar va jamoa binolarining katta o’lchamli hajmlarda qurilishi, ularda turli yonuvchi ashyolar va moddiy tovar boyligining mavjudligi, hamda o’tga chidamlilik darajasi uncha yuqori bo’lmagan qurilmalarni ishlatilishi, bunday tadbirlarni qo’llashga majbur qiladi. CHunki o’tga chidamlilik darajasi past bo’lgan bunday qurilmalar yong’inni o’chirishni boshlagunga qadar qulab tushadi. Sanoat korxonalari uchun yong’inga qarshi bo’linmalarni o’lchamlari bino qavatlarining soniga, ularning o’tga chidamlilik darajasiga, binoning funksional vazifasiga, yong’indan xavflilik toifasiga va ularda turg’un o’t o’chirish uskunalarini mavjudligiga qarab aniqlanadi. Bunday ma’lumotlar aniq bo’lgandan keyin, sanoat korxonalarini loyihalash me’yoriga asoslanib bo’linmaning sathini topish mumkin. Turar joy va jamoa binolarida yong’inga qarshi bo’linmalar sirtini aniqlash uchun binoning o’tga chidamlilik darajasini, qavatlar sonini va avtomatik o’t o’chirish vositalarining mavjudligini bilish kifoya bo’ladi. YOng’inga qarshi bo’linmalarni sathini aniqlash, odatda yong’in sodir bo’ladigan sirtni aniqlash bilan ifodalanishi mumkin: bunda Pf-qurilmalarni haqiqiy o’tga chidamlilik chegarasi, soat; Ko- o’tga chidamlilik koyfisenti; yong’in boshlanishidan o’chirish boshlangungacha o’tgan vaqt, daqiqa; -o’tni to’liq o’chirish uchun kerak bo’lgan o’chirish vositasi, l/s.; -o’t o’chirish vositasining uzatilish tezligi, l/m2 daq; n-o’t o’chirish vositasini ma’lum tezlanishda uzatilayotganda o’t o’chirishni me’yoriy vaqti, soat. YOnuvchi yuzaning sathi bilan yong’inga qarshi bo’linmalarni sirti o’rtasida quyidagicha bog’lanish mavjud / q β. Bu holda yong’inga qarshi bo’linmaning sirti quyidagicha ifodalanadi: Binolarni yong’inga qarshi bo’linmalarga bo’linishi, o’tni o’chirishda zarur bo’lgan vositalar va o’chiruvchi kuchlarni etishmovchilik hollarida, binoga yong’in tufayli etadigan moddiy zararni miqdori uncha katta bo’lmasligini oldindan aniqlashga imkon yaratadi. SHuning uchun binoni yong’inga qarshi to’siqlar yordamida bo’linmalarga bo’linishi uni yong’in asoratidan saqlab qolishga beqiyos samarador bo’ladi, chunki ular yong’in boshlanishidan to o’chirilgungacha o’z vazifasini to’liq ado etadi. Bino va inshootlarni yong’inga qarshi bo’linmalarga bo’linishi ikkita belgi bilan me’yorlanadi. Birinchisi, yong’inga qarshi bo’linma joylashgan qavatning umumiy maydoni bo’yicha, ya’ni sanoat korxonalari uchun yonish va portlash xavfi bo’lgan xonalarning toifalari, binolarning o’tga chidamlilik darajasi va ruxsat etilgan qavatlar soni xisobga olinsa, fuqaro binolari uchun faqat oxirgi ikkita omil xisobga olinadi; ikkinchisi bino qismlarining funksional vazifasi bo’yicha me’yorlanadi. Masalan, teatr binolarida tamoshobinlarga xizmat qiladigan xonalar sahna qismidan yong’inga qarshi to’siq bo’ladigan devor bilan ajratiladi. YOng’in bo’linmalarida funksional vazifalari va yong’in xavfi bo’yicha o’zaro o’xshash bo’lgan xonalar seksiyalarga ajratilgan holda joylashtiriladi. Masalan, yong’in xavfi bo’yicha bir toifaga kiruvchi xonalar aloxida seksiyaga ajratiladi, ya’ni ijtimoiy xonalar, omborxonalar, shamollatgich uskunalar joylashgan xonalar va boshqalar bir-birlaridan yong’inga to’siq bulaoladigan devorlar bilan ajratilgan bo’ladi. Bino va inshootlarni ichki tarxini loyihalashtirishda aloxida bo’linmalar, seksiya va xududlarga bo’linishi ularda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yong’inni bino bo’ylab tarqalish etimolini keskin kamayishiga olib keladi. Jumladan yong’inni binoning katta qismiga tarqab ketmasligini oldini olish maqsadida, issiqlik chiqaruvchi texnologik jarayon manba’larini yonish va portlash xavfi mavjud bo’lgan jarayonlardan ajratib qo’yadi. Natijada yong’in paytida o’t o’chirish muddatini qisqarishiga va odamlarni xavfli joydan ko’chirishga imkon yaratib beradi. Bo’linmalar tarkibida yong’inga qarshi himoya vazifasini o’tovchi, seksiyalar ham bo’lishi mumkin. Seksiya deb bino va inshootlarni o’tda yonmaydigan to’siqlar bilan o’rab olingan shunday qismiga aytiladiki, unda vazifalari o’xshash va yong’in xavfi o’zaro o’xshash bo’lgan xonalar joylashgan yoki yong’in paytida ishlatilishi mumkin bo’lgan o’t o’chirish vositalarining turlariga qarab xonalar birlashtirilgan bo’ladi. Seksiyalarni harbir aniq hollarda, iqtisodiy zarurat bo’lganda va yong’in xavfsizligi talablariga binoan loyihalashtiriladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling