Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet6/16
Sana19.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1612701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111

Yog’och qurilmalarni yong’indan himoyalashda ko’pincha azaldan ota-bobolarimiz qo’llab kelgan usul simto’r yoki qamichdan yasalgan buyralarni yog’och sirtiga yopishtirib ustidan avval somonli suvoq, keyin qum yoki ganch suvoq bilan muhofizalash keng qo’llanilgan. Bu usulni zamonaviy inshootlarda qo’llash imkoni bo’lmagan joylarda, yog’ochni bosim ostida yoki issiq vanna usulida olovda yonmaydigan maxsus kimyoviy eritmalar bilan shimdirish yo’li bilan himoyalash usuli qo’llaniladi.
Ganch va sement suvoqlari o’zining qalinligiga qarab, yog’och qurilmalarni yong’indan 15-30 daqiqagacha himoyalash imkonini beradi.
Yog’ochlarni olovdan himoyalashda gipsdan qilingan quruq suvoq, quyma gipsqipiq plitalari va asbosement faneralardan ham foydalanish mumkin.
Bulardan tashqari yog’ochni olovdan himoyalashni o’tda yonmaydigan, harorat ta’sirida ko’pchib ketadigan maxsus bo’yoqlar va loy qorishmalarni yog’och sirtiga 2-3 qavat surkash yo’li bilan ham ta’minlash mumkin. Issiqlikdan ko’pchib ketadigan qorishmalar bilan himoyalangan yog’och qurilmalar qiyin yonadigan toifaga kiradi.

Oxirgi paytlarda yong’in sharoitida o’ta xavfli bo’lgan, plastmassa va polimer moddalari binolarni isitishda va pardozlash ishlarida, qurilish ashyolari sifatida keng qo’llanilmoqda.


Bu ashyolarning o’ziga xos betakror xususiyatlaridan biri, ularning bosim yoki issiqlik ta’sirida kerakli shaklga kirishi va o’z shaklini saqlab qolishidir. Bundan tashqari ular chirimaslik, suv o’tkazmaslik, zanglamaslik va oson ishlov berish imkoniyatlariga ega.
Qurilishda keng qo’llaniladigan polimer ashyolarga plastik va organik shishalar, viniplast, penoplast, sotoplast va boshqalar misol bo’laoladi. Bularning asosiy kamchiliklariga yonuvchanlik, oquvchanlik va yumshoqlik kabi xususiyatlar kiradi. Ko’pchilik plastik ashyolarning alangalanish harorati yog’ochnikidan ko’ra past bo’ladi.
Qurilishda polimer ashyolar, tomyopg’ich plitalar va ko’p qatlamli devor panellarini tayyorlashda isitgich ashyolar sifatida keng qo’llaniladi. Bunday qurilmalarning o’tga chidamlilik darajasi 0,15 dan 0,5 soatgacha bo’ladi.
Bu qurilmalarni polimerlar tufayli o’tga chidamlilik darajasi juda pastligini va yong’in sharoitida o’zidan zararli gaz va bug’larni chiqorishini inobatga olgan holda, ularni faqat D toifadagi, o’tga chidamlilik darajasi IV va bo’lgan bino va inshootlarga ishlatish tavsiya etiladi.
Termoplast ashyolar 100oS gacha bo’lgan haroratda yumshaydi va 300oS da parchalanib yonaboshlaydi. Barcha plastik ashyolar yonuvchanlik xususiyatiga ega. Ular yonganda inson hayoti uchun o’ta xavfli bo’lgan zaharli gaz va bug’ moddalarini ajralib chiqishiga sababchi bo’ladi. SHuning uchun turarjoy va jamoa bino va inshootlarida pardozlash yoki akustik ashyolar sifatida plastmassalardan foydalanishni saqlanish foydadan xoli bo’lmaydi.Temirbeton qurilmalarni o’tga chidamliligini konstruktiv echimlar va issiqlika chidamli metal va beton ashyolardan foydalanish yo’llari bilan oshirish mumkin.
Konstruktiv echimlarga quyidagilar kiradi:
- qurilmalarni qalinligini oshirish;
- betonni himoya qobig’ini qalinligini oshirish;
- qurilmaga yuklatiladigan yukni kamaytirish;
- qurilmalarni bir-biriga mingashib turishini va ishlash uslubini o’zgartirish va boshqalar.



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling