Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet14/16
Sana19.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1612701
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111

YOng’inga qarshi ekranlar. YOng’in paytida haroratning ta’sir kuchini qaytaruvchi-yoki to’sib qoluvchi, o’zi o’tga chidamli va yaxlit panel shaklida tayyorlangan qurilmaga aytiladi. YOng’indan tarqalayotgan issiqlik quvvati atrof-muhitga issiqlik uzatilishini tezlashtirish oqibatida yong’inni bino ichida tez tarqalib ketishiga sababchi bo’ladi. SHuning uchun yong’in sodir bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda oldindan o’rnatilgan bunday ekranlar, haroratni va yong’inni tarqalishini oldini olishga xizmat qiladi.

Ekranlar yong’in xavfini ogohlantirish vazifasini ham o’tashi mumkin. Ko’pincha inson faoliyatida shunday uskunalarni ishlatishiga to’g’ri keladiki, ularni o’zi issiqlik chiqaruvchi manba’ bo’lishi mumkin. Bularga misol qilib sirti yuqori harorat manba’i bo’lgan isitgich pechlar, yuqori kuchlanishli yoritgich asboblar, ijtimoiy elektr uskunalar va boshqa ishlab chiqorish dastgohlarini ko’rsatish mumkin. Bunday sirtlarga yaqin joylashgan yonuvchi ashyolar so’zsiz alangalanish imkoniga giriftor bo’ladi.

Ekranlar o’zidan issiqlikni o’tkazuvchanlik qobiliyatiga qarab ikki xil bo’ladi: issiqlikni o’tishiga qarshiligi past bo’lgan (metal tunukadan yoki asbest fanerlardan bo’lsa) va qarshiligi yuqori bo’lgan (asosiy va ikkilamchi devorlar, tomyopg’ich plitalar, osma shift qurilmalari, yaxlit sirt bo’ylab oqizib qo’yilgan suv pardasi va boshqalar).

Bundan tashqari ekranlar qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas bo’lishi mumkin. Qo’zg’almas ekranlarni qurilish jarayonida binoning ajralmas qismi sifatida o’rnatiladi va ular yong’in paytida issiqlik quvvatini yutishga yoki qaytarishga xizmat qiladi. Qo’zg’aluvchan ekranlar nisbatan kam uchraydi, ammo ularni o’t o’chirish jarayonida issiqlikni qaytaruvchi to’siq sifatida keng qo’llaniladi.

YOng’indan shikastlanishni kamaytirish, odamlarni xavfsizligini oshirish va yong’inni tarqalishini chegaralash uchun, yong’inga qarshi to’siqlar yordamida bino va inshootlarni yong’inga qarshi ishlovchi seksiyalar, bo’linmalar va xududlarga bo’linadi.


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling