Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi
Download 1.48 Mb.
|
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binolarda yong’inga qarshi devorlarning o’rnatilishi.
2.11 YOng’inga qarshi to’siqlar.
Bino va inshootlarni ichki tuzilmalarini loyihalashda, ularning funksional vazifalarini ta’minlash bilan bir qatorda, yong’inni ogohlantirish va tarqalishini chegaralash bo’yicha loyihaviy tadbirlarni bajarish lozim bo’ladi. YOng’inga qarshi to’siqlar yong’in sodir bo’lgan joylarda olovni binoning boshqa qismlariga tarqab ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ular umumiy va mahalliy to’siqlardan iborat bo’ladi. Umumiy to’siqlar olovni binoning hajmi bo’yicha tarqalishidan muhofaza qiladi. Bunday to’siqlarga yong’inga qarshi devorlar va yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan eshik va derazasiz devorlar, tomyopg’ich plitalar, himoya hududlari, seksiyalar va oraliqlar misol bo’ladi.To’siqlar joylashgan hududlar odatda tutundan himoyalagich-havo so’rg’ich moslamalar bilan jihozlangan bo’lishi lozim. Ba’zi hollarda qizigan havo yo’lini to’sish maqsadida suv pardasini oqizish yo’li bilan ham bino qismlaridagi haroratni ko’tarilmasligini ta’minlash mumkin. Mahalliy to’siqlarga esa bino ichidagi o’tda yonmaydigan devor va pardevorlar hamda binoning tomida joylashgan yong’inga qarshi paraped to’siqlar va shuningdek shamolatish qurilmalarida va havo uzatgich moslamalarida o’rnatiladigan shiber va to’sqichlar kiradi. Mahalliy to’siqlarning vazifasi yong’inni sirt bo’ylab chiziqli tarqalishiga yo’l qo’ymaslikdan iboratdir. YOng’inga qarshi to’siqlar o’zlarining o’tga chidamlilik xususiyatlariga binoan uch turga bo’inadi va ular quyidagi jadvalda aks etdirilgan. Jadval
YOng’inga qarshi devorlar odatda o’tda yonmaydigan, tosh va beton ashyolaridan tayyorlanishi va alohida poydevorga ega bo’lshi lozim. Bunday devorlar binoni qismlarga, ya’ni yong’inga qarshi bo’linmalarga bo’lish uchun xizmat qiladi. YOng’inga qarshi devorlarning o’tga chidamlilik darajasi 2,5 soatdan va bo’linmaning ichida bo’lsa 0,75 soatdan kam bo’lmasligi zarur. YOng’inga qarshi devorlar shaxsiy poydevorga ega bo’lishlari bilan bir qatorda, bino balandligi bo’yicha uzluksiz davom etishi va tom yopg’ich qurilma yonuvchi ash’yo bilan qoplangan bo’lsa, uning sirtidan 60 sm.ga baland bo’lishi va agar qiyin yonuvchi ash’yolar bilan qoplangan bo’lsa, 30 sm ga ko’tarilgan bo’lishi shart. Agar tomyopg’ich qurilma o’tda yonmaydigan ash’yolardan tarkib topgan bo’lsagina, yong’inga qarshi devorlar tom sirtidan ko’tarilmagan holda bajarilishi mumkin. YOng’inga qarshi devorlar yong’in paytida ularga tayanib turgan tomyopg’ich va boshqa qurilmalarni qulab tushgan chog’ida ham ustuvor turaolish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. YOng’inga qarshi tomyopg’ich plitalar deb, o’tda yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan va tutun o’tkazmaydigan, o’tga chidamlilik chegarasi 0,75 soatdan kam bo’lmagan yaxlit qurilmalarga aytiladi. Bunday qurilmalar yong’in paytida binoning yuqori qavatidagi xonalarga tutun va yong’inni me’yordagi vaqt davomida o’tmasligini ta’minlash maqsadida qo’llaniladi. Odatda bunday plitalar o’tga chidamlilik darajasi I dan V gacha aniq bo’lgan bino va inshootlarda o’rnatiladi. Bu toifadagi sanoat korxonalarining o’tga chidamlilik darajasi I va II bo’lgan er osti qavatlarida, yonuvchi moddalar joylashgan xonalarda yoki yong’in xavfi mavjud bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlari kechadigan xonalardagi tomyopg’ich qurilmalarning o’tga chidamlilik chegarasi 1soatdan kam bo’lmasligi va o’tga chidamlilik darajasi III, IV va V bo’lgan bino va inshootlarda esa 0,75 soatdan kam bo’lmasligi shart.
CHizma. Binolarda yong’inga qarshi devorlarning o’rnatilishi. 1- yong’inga qarshi tashqi devor;2- yong’inga qarshi ko’ndalang devor; 3- yong’inga qarshi bo’ylama devor. Agar o’tga chidamlilik darajasi I yoki II bo’lgan ko’p qavatli sanoat korxonalari tarkibida yong’inga qarshi bo’lim (otsek) loyihalashtirilgan bo’lib, uning birinchi qavatidagi sathi bir qavatli sanoat korxonalari uchun belgilangan me’yor miqdorida bo’lsa, bu bo’limning tomyopg’ich qurilmasi 1-chi toifaga kiradi va o’tga chidamlilik chegarasi 2,5 soatga teng bo’lishi KMK 2.01.02-85 me’yorida ta’kidlangan. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling