Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


Qurilish ashyolarini elektr va gaz payvandlash ishlarida yong’in xavfsizligi


Download 1.48 Mb.
bet9/16
Sana19.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1612701
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111

2.5. Qurilish ashyolarini elektr va gaz payvandlash ishlarida yong’in xavfsizligi
Qurilish jarayonida bino va inshootlarni mustahkamligini oshirish maqsadida metal va temirbeton qurilmalarni o’zaro bog’lab, ularni yaxlit bir hajmiy tizimga keltiriladi. Buning uchun elektr yoki gaz payvandlash uskunalaridan foydalaniladi.
Elektr va gaz payvandlash uskunalarini ishlatish jarayonida payvand qilinayotgan nuqtada ochiq alangani hosil bo’lishi va undagi harorat 1100oS gacha ko’tarilishi mumkin. SHuning uchun payvandlash ishlarini bajarish davomida ma’lum tartib va qoidalarga rioya qilish zarur bo’ladi.
Bunday ishlarni ochiq havoda yoki yopiq xonalarda doimiy o’tkaziladigan joylari tashkilot rahbarining buyrug’i asosida belgilanadi. YOpiq цexlarda payvandlash ishlarining vaqtinchalik o’tkaziladigan joylari, yong’in xavfsizligi bo’yicha mas’ul xodimning yozma tariqasida bergan ruxsatnomasi bilan aniqlanadi.
Olov bilan bog’liq bo’lgan payvandlash ishlari bajariladigan joylarda albatta dastlabki o’t o’chirish vositalari ishga tayyor holda bo’lishi va barcha payvandlash ishlari yong’in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarilmog’i shart.
Vaqtinchalik elektr yoki gaz payvandlash ishlari bajariladigan joylarda 5 m radius kengligida aylanma hudud yonuvchi ashyolardan tozalangan bo’lishi lozim. Agar elektr payvanchi balandda ishlayotgan bo’lsa, pastda payvandlash paytida uchib chiqayotgan uchqunlarni tarqalishini kuzatib turgan yordamchi bo’lishi va payvandchining yonida yongan elektrodlar qoldig’ini solish uchun maxsus metal quticha bo’lishi va lozim.

Elektr payvandlash va gazda qirqish ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:


-yong’in xavfsizligini ta’minlamasdan turib payvandlash uskunalarini ishlatish, hamda nosoz bo’lgan uskunalarda ishlash;
-maxsus belgilangan jomakorni kiymasdan turib ishni boshlash;
-kislorod balonlari va yonuvchi gaz balonlarini, karbit kalsiy va bo’yoq mahsulotlari solingan bochkalar bilan bir xonada saqlash;
-karbit kalsiy solingan idishlarni zax tortishi mumkin bo’lgan erto’lalarda saqlash;
-atsetilen generatori va uning qismlari muzlab qolganda olov yoki qizdirilgan buyumlar yordamida muzini eritish;
-yonuvchi gaz va kislorod balonlari, atsetilen generatori bor bo’lgan joylarda chakish va ochiq holdagi olovlardan foydalanish;
-karbit kalsiy solingan baraban qopqog’ini ochishda misdan qilingan asboblardan foydalanish;



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling