Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet7/16
Sana19.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1612701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111

Metologil qism

2.1. Yong’inga qarshi umumiy talab va qoidalar
Qurilish maydonlarida yong’in xavfsizligini ta’minlashda, iqtisodiy samarador va texnik jihatdan asoslangan ilg’or ishlab chiqarish usullarini hamda yong’inni oldini olish va o’chirishning zamonaviy vositalarini qo’llash eng zarur omillar jumlasiga kiradi.
YOng’in xavfsizligi bo’yicha tadbirlar qurilishni tashkillashtirish (QTQ) va ishni bajarish (IBL ) loyihalarida ishlab chiqiladi va ular yong’inni oldini olish va o’chirishni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. Bu tadbirlar KMK 3.01.01-85 «Qurilishni tashkil qilish», KMK 2.01.02-85 «YOng’in xavfsizligi», KMK II-89-80 «Sanoat korxonalarini bosh tarxi», GOST 12.1.004-85 «MXMT. YOng’in xavfsizligi», hamda O’zbekiston Respublikasi IIV YOMBB tomonidan tasdiqlangan umumiy qurilish ishlarida «YOng’in xavfsizligi qoidalari» asosida ishlab chiqiladi. Qurilish maydonining mutasadi rahbarlari (uchastka boshlig’i, prorab, usta) yong’in xavfsizligi bo’yicha mas’ul hisoblanishadi va quyidagi talablarni bajarishlari shartdir: QTQ va IBL loyihalarida aks ettirilgan yong’inga qarshi tadbirlarni va ularga xos yong’in xavfsizligi qoidalari talablarini bilishlari hamda barcha ishchi va xizmatchilar tomonidan ularni to’liq va so’zsiz bajarilishini ta’minlashlari va nazorat qilishlari; me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan o’t o’chirish vositalari bilan ta’minlash va ularni hamavaqt ishlatishga tayyor holda saqlanishini ta’minlashlari; qurilayotgan bino va yordamchi ijtimoiy va omborxonalarni yong’in xavfsizligi holatini doimiy nazorat qilib turishlari; elektr va issiqlik tarmoqlarini qarovsiz qolmasligini ta’minlash; qurilish maydonida o’t o’chirish uchun zarur bo’lgan suv ta’minoti manba’larini aniqlamasdan va o’t o’chiruvchi moshinlarni to’siqsiz harakatlanishini ta’minlayoladigan yo’llarni hamda telefon-aloqa tarmoqlarini qurmasdan turib qurilish ishlarini boshlamaslikni ta’minlash; yong’in sodir bo’lganda zudlik bilan yong’inga qarshi hududiy xizmat bo’limiga xabar berish va birlamchi o’t o’chirish vositalari yordamida yong’inni bartaraf etishni ta’minlash.


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling