Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet4/16
Sana19.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1612701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111

Yonmaydigan guruhlarga, alanga yoki yuqori harorat ta’sirida yonmaydigan va ko’mirlanmaydigan qurilish ashyolari kiradi, jumladan bularga tosh, beton, temirbeton, gips, alibastr kabilar misol bo’laoladi. Bunday ashyolardan yaratilgan qurilmalar, yonmaydigan qurilmalar deb yuritiladi.
Qiyin yonuvchi guruhlarga yonuvchi va yonmaydigan ashyolar aralashmasidan tashkil topgan qurilmalar, ya’ni tarkibida 8% dan ko’proq organik birikmalari bo’lgan asfaltbeton va gipsli beton qurilmalar va hajm og’irligi 900 kg/m3 dan oshmagan somonliloy qorishmalari, antipiren suyuqligi bilan chuqur shimdirilgan yog’och qurilmalar va shuningdek fibrolit hamda polimer ashyolar kiradi. Bunday ashyolarning ishtirokida yaratilgan qurilmalar, qiyin yonadigan qurilmalar deb qabul qilingan.


Yonuvchi guruhga, yuqori harorat manbaining ta’siridan yonadigan va manba yuqolgandan keyin ham cho’g’lanib yonishi davom etadigan, ya’ni yonmaydigan va qiyin yonuvchi ashyolarning talablariga javob bermaydigan, organik ashyolar kiradi.Olov yoki yuqori harorat ta’siridan muhofizalanmagan yonuvchi ashyolardan yasalgan qurilmalar yonuvchi deb ataladi.
1.2. Qurilmalarning o’tga chidamliligini oshirish

Harorati 1200oS gacha ko’tarilib uzluksiz davom etadigan yong’in sharoitida bino qurilmalarining (xususan goizontal holatdagilari) ustuvor turishi amri maholdir. SHu boisdan, ularni olov ta’siridan himoyalash, ya’ni yong’in paytida imkon darajasida bardosh berish vaqtini uzaytirish maqsadida, birqator qo’shimcha tadbirlarni qo’llash lozim bo’ladi.
Qurilishda qo’llaniladigan ashyolarni yonuvchanligi bo’yicha uchta toifaga bo’linishini nazarda tutsak, olov ta’sirida yonmaydigan ashyolar toifasiga beton, g’isht va tabiiy toshlar va metallar kiradi. Metal qurilmalar o’tda yonmasa hamki, tosh va beton ashyolarga ko’ra yuqori harorat ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Masalan, 25G2S markali past legirlangan po’latdan tayyorlangan A-III sinfiga taalluqli armaturaning xavfli harorati 570oS dan oshmaydi, alyumin qorishmasidan tayyorlangan yuk ko’taruvchi qurilmalarning xavfli harorati esa 250oS ni tashkil etadi. Demak, eng mustahkam hisoblangan metal qurilmalar ham olovning zarbiga bardosh beraolmas ekan. SHu boisdan ularni olovdan muhofaza qilish zarurati tug’iladi.


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling