Islom teologiyasi va tarix falsafasi Reja: Arab-islom dunyoviy falsafasining vujudga kelishi


Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406)


Download 404.14 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi404.14 Kb.
#1375492
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom teologiyasi va tarix falsafasi

Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406)
Sharq tarix falsafasini jiddiy ravishda rivojlantirgan, uni o‘zining ilmiy qarashlari bilan bir muncha boyitgan, tarixga falsafiy yondoshish usullarini ishlab chiqqan yirik olimlardan biri Abduraxmon Muxammad Ibn Xaldundir.
Ibn Xaldun o‘z davrining yetuk mutafakkiri, faylasufi va tarixchisi sifatida o‘zini namoyon etgan va “Valiuddin” unvonini olgan yetuk shaxs edi. U yirik siyosiy arbob sifatida xam jamiyatni boshqarish, kishilik jamiyati ijtmoiy-madaniy taraqqiyotiga munosib xissa qo‘shish borasida yetarli tajribaga ega bo‘lgan va ayni paytda diniy xamda dunyoviy bilimlarni chuqur egallagan allomadir.
Ibn Xaldunning insoniyat tarixi, uning shakllanishi, rivojlanish omillari va bosqichlari, inson va jamiyat, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etish borasida o‘zining noyob qobiliyatini namoyon etgan va bu borada qator ilmiy-nazariy yutuqlarni qo‘lga kiritgan olimdir.
Ibn Xaldun falsafasi tarix va sotsiologiya, insonshunoslik va falsafa xamda mantiq bilan qorishib ketgan. Shu bilan birga diniy tafakkurning dunyoviy tafakkur bilan uyg‘unlashgan shakli sifatida dunyoga kelib Sharqu G‘arb tafakkur olamida o‘ziga xos maktab yaratdi. Uning eng mashxur asarlaridan biri “Muqaddima” deb ataladi va tarixni anglash, tarixni tushunish, insoniyat tarixiy tajribalarini diniy va dunyoviy tafakkur orqali talqin etishning o‘ziga xos uslubini yaratdi. U tarix xaqida gapirar ekan, “Fanning ikki jixati bor. Birinchisi qadimgi mamlakatlar va davlatlar xaqida xikoya etuvchi tashqi tomoni bo‘lsa, ikkinchisi tadqiqotlarning birining tarixi va yangi fikrlarni kashf etish bo‘lgan ichki tomonidir. Tarix Olam asoslari sababiyatini aniq izlaydigan fan. Bu voqealar va ularning sabablari xaqidagi chuqur ilm”7, deydi.
Ibn Xaldun ana shu tarzda tarixiy tadqiqotning umumiy va ichki jixatlariga aloxida e’tibor beradi. Ilmiy taxlilning tashqi tomoniga turli mamlakatlar, davlatlar, xalqlar, ularning boshidan kechirganlari, xullas, tarixiy voqeliklar kirsa, ichki tomoni bevosita ana shu voqeliklarni tafakkur elagidan o‘tkazib, uning atrofida falsafiy fikr yuritib, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazib, mantiqiy xulosalar chiqarishdir. Ana shu jixatdan xam u tarixning ildizini falsafada ko‘radi. Munosib falsafiy fikrlar, umumlashmalar, xulosalar chiqarishga chaqiradi va natijada tarixni falsafiy fanlar qatoriga qo‘shadi.
Ibn Xaldun o‘z davrining nodir tarixshunosi sifatida tarixnavislikdagi mavjud an’anaviy usullardagi kamchiliklar, nuqsonlar, jumladan, o‘tmishni soxtalashtirish, chalkashtirish, voqeliklarni o‘z manfaatlariga moslashtirib bayon etish kabi illatlarni keskin qoralaydi. Xar bir millat va qavmning kelib chiqishi, ularning taraqqiy topish yo‘llari, tarixiy rivojlanish manbalarini chuqur o‘rganish millatning uyg‘onishiga, o‘z qadru qimmatini bilishiga va istiqbol rejalarini aniqroq tuzishiga yordam berishini aloxida ta’kidlaydi.
Tarixda adolat ustivorligi, tarix xaqiqati xamisha bosh mezon bo‘lishi, xar qanday voqea va xodisa taxlili to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatni, odillik bilan yondoshishni taqozo etishini muxim fazilat deb biladi. Tarix xaqida asar yozar ekan, u o‘zini tarixshunoslikka bo‘lgan munosabatini va yondoshish usulini quyidagicha bayon etadi: “Bu kitobni tuzish va boblarga bo‘lishda men xali ma’lum bo‘lmagan yo‘ldan bordim, ajoyib yangi usul yaratdim, o‘quvchi bo‘lib o‘tgan voqealarning sababini o‘rganishdan foyda olsin uchun tarixiy-ijtimoiy voqealar va insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonuniyatini sharxlab berdim”8, deydi.
Ibn Xaldunning ana shu “yangi usul”i tarixdagi bayonchilik, oshirib-toshirib yozishlar, safsatabozlik, xush ko‘rmagan voqealarni keskin tanqid qilish kabi illatlarga nuqta qo‘ydi. Tarixshunoslikning fan maqomini egallashiga doir o‘ziga xos ilmiy-nazariy me’yorlarni yaratdi. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:
Birinchidan, xar qanday voqea va xodisalarning sababini o‘rganish, uning moxiyatini ochish tarixiy voqelik mazmunini bilib olishga zamin yaratadi. Uning atrofida fikr yuritib, aqlni ishlatish, fikrlash, tafakkur qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, Ibn Xaldun xar qanday tarixiy voqelikka ijtimoiy tus beradi, ijtimoiy moxiyat qatlarini ochish orqali o‘sha davr moxiyatiga, ijtimoiy-siyosiy muxitga, turmush tarziga baxo beradi.
Uchinchidan, “Kishilik jamiyati taraqqiyoti qonuniyatlarini sharxlab berish” orqali davlat va jamiyat qurilishiga tegishli bo‘lgan fanlar – xuquqshunoslik, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, mantiq singari fanlarning rivojlanishiga turtki berdi. Ana shu sharxlash orqali Ibn Xaldun aqliy takomil, fikriy rivojlanish yo‘lini ochdi. qachonki o‘quvchi uning kitoblarini ko‘zdan kechirar ekan, tarixiy voqeliklarni o‘rganish bilan birga voqealar atrofida fikrlaydigan, unga munosabat bildiradigan, baxolaydigan bo‘lib qoladi. Bu esa ayni tarix falsafasining o‘ziga xos ko‘rinishi edi.
Ibn Xaldun tarixnavislikda mavjud bo‘lgan xilma-xil rivoyatlardan, turli xikoyatlardan va afsonalardan foydalanishga chek qo‘yib, real xayot va real jarayon taxliliga ko‘proq e’tibor berish tamoyilini ilgari surdi va shu tarzda tarixnavislikning butunlay yangi yo‘nalishini rivojlantirishga muxim xissa qo‘shdi. Uning xulosalariga ko‘ra tarix “...o‘rganilish ob’ekti insoniyat jamiyati va odamlar jamoasi bo‘lgan mustaqil fandir, uning faoliyat maydoni birin-ketin almashib keladigan voqealar sababi va vaziyatlar xususiyatlarini tushuntirishdir”9.
Ana shu tarzda Sharq tarix falsafasi shakllana bordi. Demak tarixning tadqiqot ob’ekti bevosita kishilik jamiyati xisoblanadigan bo‘ldi. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqeliklar, xukmron siyosat va boshqaruv usulining taxlili orqali ma’lum voqelik asoslari o‘rganildi. Tadqiqotning bunday shakli tarix fani predmetiga aylantirildi. Natijada Ibn Xaldunning tadqiqot usuli va tarixnavislik uslubi ana shu tarzda ijtimoiy fanlar taraqqiyotini belgilaydigan muxim xodisaga aylandi.

Download 404.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling