30. Qa’qo’ ibn Amr Tamimiy.
U musulmonlarning shijoatli bahodirlaridan bo‘lib, fors
diyorlarining fathlaridagi xizmatlari katta bo‘lgan. Qa’qo’ning
“Qodisiya” jangidagi qahramonliklari ma’lum va mashhurdir.
U haqida Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu:
– Qa’qo’ning qo‘shin ichidagi ovozi ming kishidan
afzalroqdir, – degan edi.
Qa’qo’ ukasi Osim ibn Amr bilan birga “Qodisiya” jangida
forslarning fillaridan xalos bo‘lishda katta xizmat qilgan.
Usmon va Ali roziyallohu anhumlar davridagi fitnalardan
o‘zini chetga olgan.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |