Islom ummatining mashhur bahodirlari
Download 334.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Ummat baxodirlari
41. Amirul mo‘minin Hodiy
.
U Horun Rashidning akasi bo‘lib, undan oldingi xalifa bo‘lgan. Shijoatli bahodir bo‘lgan.
42. Amirul mo‘minin Amiyn. Horun Rashidning o‘g‘li va undan keyingi xalifa.
43. Ahmad ibn Ishoq Sirmoriy Buxoriy . U mashhur fors mujohidi, zuhdu taqvoli, imom Buxoriyning ustozi bo‘lib, shijoati olamga zarbulmasal qilinadigan mashhur bahodirlardan biri bo‘lgan. U haqda imom Buxoriy shunday deydi:
31 – Johiliyatda ham, Islomda ham unga o‘xshash kishi bo‘lgani xabari bizga etib kelmagan. Ibrohim ibn Shammos shunday deydi: – Ahmad ibn Ishoq Sirmoriy bilan xat yozishib turar edim. Bir xatida u menga: “Agar asirlar sotib olish uchun shaharlarga boradigan bo‘lsang, menga xabar berib qo‘ygin. Men sen bilan birga boraman”, deb yozgan edi. Men unga xat yozib yubordim. U bilan Samarqandga keldik. Bizning kelishimizdan xabar topgan Samarqand hokimi o‘z qo‘shinlari bilan bizning istiqbolimizga chiqdi. Biz to asir sotib olish tugagunicha uning huzurida turdik. Bir kun biz uning huzurida ekanimizda uning oldiga bir polvon kirdi. Hokim uni ulug‘lab maqtay ketdi. Ahmad Sirmoriy uning kimligini so‘radi. – U muboriz jangchi bo‘lib, bir o‘zi mingtaga sanaladi, – deb javob berishdi. Ahmad Sirmoriy: – Men u bilan muboraza qilaman, – dedi. Ertasiga erta bilan ular maydon olishib, yakkama-yakka olishuv boshlandi. Sirmoriy uni
o‘ldirdi. Uning
ashoblaridan elliktasi hozirlandilar. Ahmad ularning barchasini engiga joylab olib yuradigan temir dastak bilan birma-bir urib o‘ldirdi. U temir dastakning og‘irligi 36 ratl (bir qadoq 400 gramga teng) edi. Qarigan chog‘ida uning vaznini 24 qadoq qilib olgan edi. Uning o‘zi qo‘lidagi qilichiga ishora qilib: “Mana shu qilichim bilan turk kofirlaridan mingtasini o‘ldirganman. Agar Alloh umr bersa yana mingtasini o‘ldiraman, insha Alloh”, – derdi. Ahmad Sirmoriy hijriy 241 yilda to‘shakda vafot etdi. Alloh u kishidan rozi bo‘lib, O‘z rahmatiga olsin. Amin. Download 334.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling