Islom ummatining mashhur bahodirlari
Download 334.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Ummat baxodirlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Islom ummatining mashhur bahodirlaridan birinchisi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning
1 1.Islom ummatining mashhur bahodirlaridan birinchisi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning birinchi xalifasi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudir. Ali ibn Abu Tolib amirul mo‘minin ekanligi paytida: – Odamlarning eng shijoatlisi kim? – deb so‘radi. Shunda yonidagilar: – Siz, ey amirul mo‘minin, – deya javob berishdi. Shunda Ali ibn Abu Tolib shunday deydi: – Men kim bilan muborazada olishgan bo‘lsam, uni engganman. Lekin eng shijoatli odam Abu Bakrdir. Badr kunida biz Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uchun bir qarorgoh qildikda: “Kim mushriklardan birortasi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga hujum qilib qolmasligi uchun u zot bilan birga turadi”, – deb so‘radik. Hech kim javob bermadi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu qilichlarini yalang‘ochlab Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni qo‘riqlash uchun u kishining yonlariga bordi. • Makkada mushriklar jamlanib, biri Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning kiyimlaridan tortib, biri esa u kishini turtib: – Senmi, bizlarning ilohlarimizni inkor qilib, “Iloh bittadir”, degan, – der edilar. Allohga qasamki, o‘shanda bizlardan hech kim ularga yaqinlasha olmadik. Abu Bakr esa ularni haydab, birini turtib, birini itarib, yana birini tortqilab:
2 – Sizlarga o‘lim bo‘lsin, “Robbim Alloh” degan odamni o‘ldirasizlarmi?! – derdilar. Co‘ng Ali roziyallohu anhu: “Men sizlardan Allohni o‘rtaga qo‘yib so‘raymanki, Fir’avn ahlidan bo‘lgan bir mo‘min afzalmi yoki Abu Bakr? – deya savol qildi. Qavm javob bermay jim turib qoldi. – Javob bermaysizlarmi? – yana so‘radi Ali roziyallohu anhu. – Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning er yuzida bir soat bo‘lishi, Fir’avn qavmidan bo‘lgan mo‘minning er yuziga to‘la bo‘lganidan afzaldir. Fir’avn ahlidan bo‘lgan mo‘min iymonini berkitgan bo‘lsa, Abu Bakr iymonini oshkora e’lon qilgandir, – deya gapini yakunladi Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu. * Abu Bakr roziyallohu anhu Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin eng shijoatli odamdir. U odamlarning eng dovyuragi va qalbi botiri bo‘lgan edi. Badr kunida sobit turib, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga: “Bardam bo‘ling yo Rosululloh, sizga Robbingizning birgaligi kifoya qiladi. U sizga bergan va’dasini naqd qilguvchi zotdir”, – derdilar. Abu Bakr roziyallohu anhuning Uhud, Xandaq, Hudaybiyya va Hunayn kunlarida sobit turishi uning dovyurak, shijoatliligiga dalil bo‘ladi. Uning shijoati, dovyurakligi qalbining botirligi bilan bo‘lib, uning katta musibatlarda va qiyinchiliklarda mo‘minlarga dalda berishlari va hech bir ikkilanmay, o‘zini yo‘qotmay turishlari ham uning shijoatidandir.
3 Rosululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan so‘ng ko‘pchilik musulmonlarning qalblari qorayib, iymonlari silkinib qolgan bo‘lsa, ko‘plari shakka tushib qoldi. Ayrimlari hatto murtad
bo‘ldilar. Mana
shunday mavqifda musulmonlarni jamlab, haq yo‘lga boshlab ketishi u kishining shijoati buyukligiga dalil borasida bizlarga kifoya qiladi. Ana o‘shanda Abu Bakrning qalb quvvati tarozining bir pallasiga va butun ummatning qalb quvvati ikkinchi pallaga qo‘yilsa, albatta u zotning pallasi og‘ir kelgan bo‘lardi. Xalifalik sharafiga muyassar bo‘lganlaridan keyingi murtadlarga qarshi urushga qasd qilishlaridagi shijoatlari agar er yuzidagi barcha qo‘rqoqlarga ulashib berilganda edi, ularning hammalari botir bo‘lib ketar edi. U shijoat bilan jang qilib murtadlarni dinga qaytardi. Bu shunday bir shijoatki, ummatning “sher”lari uning qoshida loldir. Bu shunday himmatki, ummatning eng oliy himmatlilari ham unga qoyildir.
Download 334.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling