Islom ummatining mashhur bahodirlari
Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu
Download 334.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Ummat baxodirlari
5. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu.
U Islom ummatining sheryurak, himmati baland
bahodirlaridan bo‘lib, jannat bilan xushxabarlangan o‘n sahobaning biri edi. Zubayr Islomda birinchi bo‘lib qilichini qinidan sug‘urgan kishi sanaladi. Ushbu hodisa Islomning dastlabki vaqtida Makkada sodir bo‘lgandi. “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam o‘g‘irlab ketilibdi”, – degan gap tarqaldi. Bu gapni eshitgan Zubayr qilichini qo‘liga olib, ko‘chaga chiqdida, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni qidira boshladi. Makkaning yuqorisida u Rosululloh sollallohu alayhi
8 vasallamga duch keldi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam unga: – Nima bo‘ldi senga ey Zubayr, – dedilar. – Sizni ushlab qamab qo‘yishibdi, deb eshitdimda ular bilan jang qilish uchun chiqdim, – deya javob berdi Zubayr. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uning haqqiga duo qildilar. Zubayr roziyallohu anhu janglarda peshqadam, shijoatlilardan edi. 282. Imom Buxoriyning Zubayr ibn Avvomdan qilgan rivoyatda u shunday deydi: – Badr kunida Ubayda ibn Sa’id ibn Osga duch kelib qoldim. U sovut taqqan bo‘lib, ikki ko‘zidan boshqa joyi himoyalangan edi. U Abu Zotil Kirsh deb kunyalanardi. – Men Abu Zotil Kirshman, – dedi u. Men nayza bilan hamla qilib, nayzani uning ko‘ziga sanchdim. U o‘ldi. 283. Imom Buxoriyning Urva ibn Zubayrdan qilgan rivoyatida u shunday deydi: – Zubayr Yarmuk jangida ishtirok qilgan edi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblari unga: “Hamla qilmaysanmi, biz ham sen bilan birga hujum qilamiz”, dedilar. Zubayr dushmanga hamla qildi. Shunda ular uning elkasidan ikki joyga zarba urdilar. Bu ikki zarbaning o‘rtasida Badr kunidan qolgan bir chuqur jarohati bor edi. Men yosh bolaligimda o‘sha jarohatlarning o‘rinlariga barmoqlarimni tiqib o‘ynar edim. Urva otasi haqida gapirar ekan:
9 – Otam Zubayr uzun bo‘yli bo‘lib, ulovga minganida ikki oyog‘i er chizib ketar edi. U juda sersoch odam bo‘lib, men bolaligimda uning elkasidagi sochlaridan tortar edim, – deydi. • “Jamal” voqeasida Amr ibn Jurmuz ismli bir mujrim Zubayrni o‘ldirib, uning qilichini Ali ibn Abu Tolibga olib keldi. U Zubayrning qilichini ko‘rib: – Bu qilich ko‘p martalab Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan mushkulotlarni aritgan edi, – dedi. roziyallohu anhu
ibn Jurmuzga Zubayrni o‘ldirganidan qattiq g‘azablandi.
Download 334.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling