Islom ummatining mashhur bahodirlari
Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu
Download 334.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Ummat baxodirlari
6. Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu.
U jannat xushxabarini olgan o‘n sahobaning biri, Islom suvoriysi bo‘lib, Alloh yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgandir. Sa’d Uhud kunida eng katta jasorat ko‘rsatgandi. Hattoki Rosululloh sollallohu alayhi vasallam unga o‘z ota-onalarini jamlab duo qilganlar. Ali ibn Abu Tolib shunday deydi: – Men Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning boshqa biron kishiga
ota-onalarini jamlab
duo qilganlarini eshitmaganman. Uhud kunida Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning Sa’dga: – Ot, ey Sa’d, ota-onam senga fido bo‘lsin! – deganlarini eshitdim deydi Ali roziyallohu anhu. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’dni duo qilib:
10 – Ey Allohim, uning otgan o‘qini to‘g‘rila va duosini qabul qil, – dedilar. Darhaqiqat u zot shunday bo‘ldilar. Yana shuningdek, Sa’d g‘azotlarda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni qo‘riqlab yuruvchi shijoatli suvoriylardan biri hamdir. sollallohu alayhi vasallamning xalifasi forslarga qarshi bo‘lgan janglarda uni amir etib tayinlagandilar. Sa’d Qodisiya jangining qahramoni bo‘lib, forslar poytaxti Madoinga ham kirdi. Fors mamlakatining katta-katta shaharlarini fathida qatnashdi. Ko‘fa va Basra shaharlarini qurdirgan ham Sa’ddir. • Zuhriy u haqida shunday deydi: – Sa’d ibn Abu Vaqqos vafoti oldidan jundan to‘qilgan eski bir jubbani (oldi ochiq, engi keng bo‘lib, kiyimning ustidan kiyiladigan libos) oldirib keldida: “Meni shu jubba bilan kafanlanglar! Chunki men Badr kunida mushriklar bilan mana shu kiyimda to‘qnashganman. Men uni mana shu kun uchun ehtiyotlab saqlab qo‘ygandim”, – dedi.
Download 334.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling