15. Salama ibn Akva’ roziyallohu anhu.
U
musulmonlarning
shijoatli
merganlaridandir.
Kitobimizning oldingi boblarida uning shijoatlaridan bir misol
bilan
tanishganmiz.
U
Rosululloh
sollallohu
alayhi
vasallamning
o‘tloqdagi
chorvalarini
o‘g‘irlab
ketgan
mushriklar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda sodir bo‘lgan voqea.
Salama ibn Akva’ ulardan barcha chorva mollari – tuya va
otlarni qaytarib olgandi. O‘sha jang “G‘azvati Zuqarad” deb
nom olgan. O‘shanda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uni
maqtab
– Bugun piyodalarimizning eng afzali Salama ibn Akva’
bo‘ldi, – degandilar.
16. Hishom ibn Os roziyallohu anhu.
U Amr ibn Osning ukasi bo‘lib, nomi tillarga tushgan
shijoatli suvoriylardan bo‘lgan. Amr ibn Os ukasi Hishom
haqida shunday deydi:
– Men ukam Hishom bilan birga Yarmuk jangida ishtirok
etdim. Kechasi ikkimiz Allohdan bizlarga shahodatni nasib
qilishini so‘rab duo qildik. Tong otgach u shahodatga erishdi,
menga nasib bo‘lmadi.
Hishom Yarmuk jangida rumliklarga hamla qilib to shahid
bo‘lgunicha ulardan bir nechtasini o‘ldirdi. Otlar uni yanchib
yubordi. Akasi Amr uni go‘shtu suyaklarini jamlab o‘rab
qo‘ydi. Umar ibn Xattobga uning shahid bo‘lgani xabari
etganda u:
18
– U Islom uchun qanday yaxshi ko‘makchi bo‘lgan edi! –
dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |