17. Ukosha ibn Mihsan roziyallohu anhu.
U shijoatli sahobalardan bo‘lib, “G‘oba” g‘azotida Amr ibn
Abbor va uning otasini quvib etgandi. Ular har ikkisi bir tuyaga
mingashib olgan edilar. Ikkovini ham nayza sanchib o‘ldirdi.
Va ular olib qochayotgan tuyalarning ba’zilarini qaytarib
olishga muvaffaq bo‘ldi.
18. Xavvot ibn Jubayr roziyallohu anhu
.
Uhud jangida qatnashib unda chiroyli shijoat va quvvatni
izhor etdi. Toqqa qo‘yilgan kamonchilar amiri Abdulloh ibn
Jubayr roziyallohu anhu uning akasi edi. U o‘sha joyda shahid
bo‘ldi. Xavvot shunday deydi:
– Hech kim qilmaydigan uch amalni qildim: hech kim
kulmaydigan o‘rinda kuldim, hech kim baxillik qilmaydigan
o‘rinda baxillik qildim va hech kim uxlamaydigan joyda
uxladim.
Uhud kunida akamning oldiga borsam, u o‘ldirilgan bo‘lib
qorni yorilgan va ichaklari tashqariga chiqib qolgan ekan.
Sherigimdan yordamlashishni iltimos qildim. Mushriklarning
otliqlari atrofimizda yurardi. Akamning ichak-chavoqlarini
qorniga kiritib sallam bilan bog‘ladim-da sherigim ikkimiz
ko‘tarib oldik. Akamning qornidan shilqillab ovoz chiqar edi.
Sherigim qo‘rqib ketib jasadning ko‘tarib ketayotgan tarafini
19
tashlab yubordi. Men esa kulib yubordim. Keyin amallab bir
joyga olib bordik-da uni dafn qilish uchun kamonimning
egilgan tomoni bilan chuqur kovladim. Kamonimning ipi bor
edi. O‘sha ip uzilib ketmasin, deb baxillik qildim. Bir amallab
chuqur kovlab uni dafn qildim. Bu mening hech kim
qilmaydigan joyda qilgan baxilligim edi. Akamni ko‘mib
qaytayotsam ro‘paramda bir otliq men tomon nayzasini
to‘g‘rilab turardi. U meni o‘ldirmoqchi bo‘lib nishonga olib
turgandi. Birdan menga uyqu kelib, ko‘zlarim yumilib uyquga
ketdim. Hech kim uxlamaydigan bunday holatda men uxladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |