Islom ummatining mashhur bahodirlari
Baro ibn Molik roziyallohu anhu
Download 334.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Ummat baxodirlari
11. Baro ibn Molik roziyallohu anhu
.
U Anas ibn Molik roziyallohu anhuning tug‘ishgani. Baro ibn Molik suvoriylik, matonat, shijoat bobida zarbulmasal qilinadigan bahodirlardan biridir. U janglardan tashqari yakkama-yakka olishuvlarning o‘zida yuzdan ortiq kofirni o‘ldirgan. • Yamoma jangida musulmonlar Musaylama askarlarini bir bog‘ ichida qamal qildilar. U bog‘ning devorlari qalin va baland bo‘lib, musulmonlar devorni buza olmadilar. Baro musulmonlardan o‘zini nayzalar uchida ko‘tarib devorning narigi tomoniga otishlarini talab qildi. Uni nayzalar ustiga o‘tirgizib devordan oshirib yubordilar. Baro devor ortida turgan dushman himoyachilari bilan olisha ketdi. Va oxir- oqibat u bog‘ning eshigini ochib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Musulmonlar darvozadan bostirib kirganlarida u bir qancha kofirlarni o‘ldirgan va o‘zi behol bo‘lib qolgan edi. Uning tanasidagi qilichu nayzalardan olgan jarohatlari saksontadan
14 ortiq edi. Uni muolaja qildilar, jarohatlari bitib ketdi. Baro fors diyorlarining fathlarida ishtirok etdi. Juda qattiq, dahshatli bo‘lgan Tustar jangida Baro ajoyib qahramonliklar ko‘rsatdi. Baro duosi ijobat bo‘luvchi odam edi. Musulmonlar undan Allohdan nusrat so‘rab duo qilishlarini talab qildi. U shunday duo qildi: – Ey Allohim, musulmonlarga nusrat berib, menga O‘z yo‘lingda shahodatni nasib et! Alloh musulmonlarga g‘alaba berdi. Baro esa shahid holida Alloh huzuriga ketdi.
Download 334.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling