Islom ummatining mashhur bahodirlari


 Simok ibn Xarasha roziyallohu anhu


Download 334.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana02.01.2022
Hajmi334.97 Kb.
#194245
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Ummat baxodirlari

12. Simok ibn Xarasha roziyallohu anhu.  

Bu  mashhur  bahodir  Abu  Dujonadir.  Uhud  kunida  uning 

juda  katta  o‘rni  bo‘lgan.  Rosululloh  sollallohu  alayhi  vasallam 

Uhud kunida qo‘llariga qilichni olib: 

    –  Ushbu  qilichning  haqqini  kim  ado  etadi?  –  deb 

so‘radilar.  Bir  necha  kishi  qilichni  olish  uchun  o‘rinlaridan 

turdi.  Rosululloh  sollallohu  alayhi  vasallam  qilichni  ularga 

bermadilar.  

    Abu Dujona: 

    – Uning haqqi nima, yo Rosululloh, – deb so‘radi. 

    – U bilan dushman yuziga to egilib ketgunicha urmoqlik! – 

deya javob berdilar Rosululloh sollallohu alayhi vasallam. 

    –  Uni  men  olaman,  –  dedi  Abu  Dujona.  Rosululloh 

sollallohu alayhi vasallam qilichni unga berdilar.  



 

 

 



 15  

    Abu  Dujona  shijoatli  odam  bo‘lib,  jang  paytida  yovga 

qarshi  o‘zini  ulug‘vor  tutib,  kibr  bilan  muomala  qilar  edi. 

Zubayr ibn Avvom shunday deydi: 

    –  Rosululloh  sollallohu  alayhi  vasallam  qilichni  menga 

bermay  Abu  Dujonaga  berganlarida  bir  narsani  sezdimda: 

“Xudo  haqqi,  qani  ko‘ramiz,  Abu  Dujona  nima  qilarkin,  – 

dedim ichimda. Keyin uni kuzata boshladim. U qizil mato bilan 

boshini bog‘lab oldi. Buni ko‘rgan ansorlar unga: 

    – Abu Dujona o‘lim nishonasini chiqardi! – dedilar.  

    Co‘ng  Abu  Dujona  mushriklarga  hamla  qildida,  ularning 

duch kelganini o‘ldira boshladi…  

    Musaylama kazzobga qarshi bo‘lgan Yamoma jangida Abu 

Dujona o‘zini devor osha bog‘ ichkarisiga otganida oyog‘i sinib 

qoldi.  U  singan  oyog‘i  bilan  jang  qilib  Alloh  huzuriga  shahid 

holida yo‘l oldi.  

 

 


Download 334.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling