12
binti Utba Vahshiy nomli qul bilan Makkada agar u qo‘lidagi
nayza bilan Hamzani o‘ldirsa, uni ozod qilishini aytib ittifoq
qildi. Vahshiy butun jang davomida Hamzani kuzatdi. U javlon
urib mushriklar bilan jang qilar edi. Vahshiy qulay fursat
poylab qo‘lidagi nayzani Hamzaning ko‘ksiga sanchib uni
o‘ldirdi. So‘ng qornini yorib jigarini olib Hindga olib borib
berdi. Hind uni og‘ziga olib chaynadi-da tuflab yubordi.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Hamzani jang
maydonida musla qilingan holda ko‘rdilar-da qattiq xafa bo‘lib
yig‘ladilar. Bu hol Rosululloh sollallohu alayhi vasallam juda
qattiq ta’sir qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: