Islom ummatining mashhur bahodirlari
Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu
Download 334.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Ummat baxodirlari
4. Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu.
U jannat bilan xushxabarlangan o‘n sahobaning biri bo‘lib, Islom ummatining shijoatli bahodirlaridan. Talha ibn Ubaydulloh ummat suvoriylarining peshqadami va jasur kishilaridan bo‘lgan. Talhaning ajib shijoatiga bo‘lgan misollardan biri uning Uhud kunida ko‘rsatgan jasoratidir. Uhud kunida u Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni himoya qilib jang qildi va etmishdan ortiq zarbalar bilan musibatlangan edi. Oisha onamiz shunday deydilar: “Abu Bakr roziyallohu anhu Uhud kunini eslagan paytda shunday der edilar: – U kun Talhaning kuni bo‘ldi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga birinchi bo‘lib men qaytib bordim. O‘shanda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir kishi jang qilayotgan ekan. Men unga: “Talha ibn Ubaydullohdek bo‘l”, – dedim. Bir payt qarasam u Talhaning o‘zi ekan. Uning tanasida etmishdan ortiq qilich va nayzalar
7 zarbasi bo‘lib, bir qo‘li kesilgan edi. Biz unga madadga etib keldik”. Uhud jangida Rosululloh sollallohu alayhi vasallam mushriklar tomon yuzlansalar Talha Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga: – Yo Allohning nabiysi, ota-onam sizga fido, oldinga chiqmang, qavm o‘qlaridan birortasi sizga tegmasin! Mening bo‘g‘zim sizning bo‘g‘zingizga to‘siq bo‘lsin, yo Rosululloh! – der edi. (Ya’ni sizga tegadigan o‘q menga tegsin, demoqchi). Qays ibn Abu Hozim: – Uhud kuni Talhaning bir qo‘li shalvirab osilib qolganini ko‘rdim. U shu holicha Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni himoya qilar edi, – deydi.
Download 334.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling