16
14. Xolid ibn Valid roziyallohu anhu
.
U Allohning sug‘urilgan qilichi bo‘lib, johiliyatu Islomda
bahodirlar shohi bo‘lgan. Ko‘plab janglarni bevosita o‘zi
boshqargan va juda ko‘p janglarda ishtirok etgan. Islomni qabul
qilgan kunidan boshlab Rosululloh sollallohu alayhi vasallam
uni otliq suvoriylarga bosh qilib tayinlaganlar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu uni murtadlarga qarshi
bo‘lgan janglarga amir etib tayinladi. Rumu forslarga qarshi
janglarda ko‘p namunalar ko‘rsatgan.
Qays ibn abu Hozim shunday deydi:
– Xolidga: Ajamlardan ehtiyot bo‘lgin, ular seni zaharlab
qo‘yishmasin, – deyishdi. Xolid ibn Validga bir idishda zahar
olib keldilar. U keltirgan odamdan:
– Bu nima? – deb so‘radi.
– Zahar, – deya javob qildi. Shunda Xolid:
– Nomi tilga olinganda eru osmondagi biror narsa zarar
bera olmaydigan Allohning nomi bilan, – deb zaharni ichib
yubordi. Unga hech narsa bo‘lmadi.
Xolid ibn Valid vafoti oldidan:
– Yuzdan ortiq janglarda qatnashdim. Hozir esa tuya kabi
to‘shagimda jon berayapman! Qo‘rqoqlar mijja qoqmasin, –
degan edi.
Xolid ibn Valid 60 yoshida jon taslim qildi. Uning jismida
qilich yoki nayza zarbasidan xoli bo‘lgan biron joyi yo‘q edi. U
vafot etganida shahidlik alomatlari zohir bo‘lgan.