25
turardi. Zahhok ibn Sufyon yuzta suvoriyga teng hisoblanardi.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Makkaga yurish
qilganlarida uni Banu Sylaym qabilasiga amir etib tayinladilar.
26. Ziror ibn Azvar roziyallohu anhu.
U Yamoma jangida ishtirok etib ajib jasorat ko‘rsatdi. Ba’zilar
uni: “Yamomada shahid bo‘lgan”, – deyishsa, boshqalar: “U
Shom, Damashq fathlarida bo‘lgan. Yarmuk jangida ishtirok
etib ko‘rsatgan jasoratlari haqida xabarlar bor”, – deyishadi.
27. Ziror ibn Xattob ibn Mirdos Fihriy roziyallohu
anhu
.
U Makkada taslim bo‘lganlardan bo‘lib, fath kuni Islomni
qabul qilgan. Uhud jangida musulmonlar ziddiga jang qilgan
va ulardan bir nechasini o‘ldirgan edi. Ziror ibn Xattob bir kuni
Abu Bakr Siddiqqa:
– Biz Qurayshga sizlardan ko‘ra yaxshiroq muomala
qilganmiz, chunki biz ularni jannatga kirgizdik, sizlar esa ularni
do‘zaxga ravona qildingizlar, – dedi. Ya’ni, men Qurayshdan
bo‘lgan musulmonlarni o‘ldirib, ular jannatga kirishiga
sababchi bo‘ldim. Sizlar esa Quraysh mushriklarini o‘ldirib
ularni do‘zaxga kiritdingiz.
Ansorlarga hazilomuz qilib:
– Men Uhudda siz ansorlardan o‘n bittasini huru aynlarga
uylantirib qo‘yganman, – derdi.