Islom ummatining mashhur bahodirlari


 Amr ibn Ma’di Yakrib roziyallohu anhu


Download 334.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/29
Sana02.01.2022
Hajmi334.97 Kb.
#194245
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
Ummat baxodirlari

19. Amr ibn Ma’di Yakrib roziyallohu anhu

.  

Ulug‘  sheryurak  bahodirlardan  bo‘lib,  novcha,  yo‘g‘on 



suvoriy  bo‘lgan  edi.  Forslarga  qarshi  janglarda  u  anchayin 

qahramonliklar  ko‘rsatgan.  Qodisiya  kunida  u  forslar 

boshliqlariga hujum qilib ulardan ko‘pchiligini o‘ldirdi. Ali ibn 

Abu Tolib bilan Siffin jangida qatnashgan paytda u 150 yoshda 

bo‘lgan.  

 

20. Ikrima ibn Abu Jahl roziyallohu anhu.  

U  johiliyatda  shijoatli  bahodirlar  boshi  bo‘lgan  edi.  Keyin 

Islomga kirgan. Uning Islomi chiroyli bo‘lgan. Yarmuk jangida 

juda  qattiq  jang  qildi.  Shunda  unga  musulmonlar:  “Joningga 

rahm qil”, – deyishdi. Ularga javoban Ikrima: 

    –  Lot,  Uzzo  yo‘lida  bu  jonimni  qiynab  uni  ayamay  jang 

qilar  edim.  Endi  Alloh  yo‘lida  jonimni  ayaymanmi.  Alloh  va 




 

 

 



 20  

Uning  Rosuli  yo‘lida  uni  qurbon  qilmaymanmi?!  –  dedi, 

so‘ngra rumliklarga xitob qilib: 

    –  Allohning  Rosuliga  qarshi  har  joylarda  jang  qildim. 

Bugunga  kelib  sizlardan  qochamanmi?  Allohga  qasamki,  bu 

aslo sodir bo‘lmaydi! – dedi. Shundan keyin musulmonlardan: 

    – Kim men bilan birga o‘limga bay’at qiladi? – deb so‘radi. 

Horis  ibn  Hishom  va  Ziror  ibn  Azvar  to‘rt  yuz  mujohid  bilan 

birgalikda bay’at qildilar. Ikrima ibn Abu Jahl roziyallohu anhu 

shahid  holida  Alloh  taoloning  huzuriga  yo‘l  oldi.  Uning 

tanasida etmishdan ortiq qilich va nayzalar jarohati bor edi. 

 


Download 334.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling