Islom ummatining mashhur bahodirlari
Sayyidimiz amirul mo‘minin Ali ibn Abu Tolib
Download 334.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Ummat baxodirlari
3. Sayyidimiz amirul mo‘minin Ali ibn Abu Tolib
roziyallohu anhu. U Islom ummatining sheri, sarchashmasi bo‘lgan va mushriklar to‘dalarini parchalab tashlagan hamda hayoti davomida hayratga soluvchi shijoatlar namoyish qilgan pahlavondir. U Tabuk jangidan boshqa barcha g‘azotlarda ishtirok etgan. 280. Imom Muslim rivoyatlarida Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk g‘azvasi kunida Ali roziyallohu anhuni Madinaga xalifa qilib qoldirdilarda, unga: – Sen mendan Horun Musoning oldida tutgan o‘rnidasan, lekin mendan keyin payg‘ambar bo‘lmaydi, – dedilar.
5 281. Imom Buxoriy Sahl ibn Sa’ddan, imom Muslim Salama ibn Akva’dan qilgan rivoyatlarida: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar kunida: – Bugun men bayroqni Alloh va Uning Rosulini yaxshi ko‘radigan hamda Alloh va Uning Rosuli uni yaxshi ko‘radigan, jangdan qochmaydigan va Alloh uning qo‘li bilan fath qiladigan odamga beraman, – dedilar. So‘ng Alini chaqirdilar, uning ko‘zi og‘rib qolgan edi. Alining ko‘ziga tuflagandilar, uning ko‘zi sog‘aydi. Keyin bayroqni unga berdilar. Alloh Alining qo‘li bilan fath qildi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning g‘ulomi Abu Rofe’ Alining Xaybar kunidagi shijoati haqida shunday hikoya qiladi: – Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Aliga bayroqlarini berib, Xaybarga yuborgan kuni biz ham Ali bilan birga edik. Ali qal’aga yaqinlashgan paytda undagi hamma yahudiylar qarshi chiqdilar. Yahudiylardan biri Aliga zarba urgan edi Alining qalqoni tushib ketdi. Shunda Ali qal’aning eshigini ko‘chirib olib to jang musulmonlar g‘alabasi bilan yakun topgunga qadar undan qalqon sifatida foydalandi. So‘ng uni tashlab yubordi. Biz etti kishi bo‘lib o‘sha eshikni zo‘rg‘a joyidan ko‘tara oldik. Mus’ab Zubayriy u haqda shunday rivoyat qiladi: – Ali jang paytida juda hushyor va o‘z raqibidan makkorroq, agar unga hamla qilinsa hamma tomonini nazorat qila bilardi. Dushman unga qilgan hamlasidan keyin ham hushyorlikni bo‘shashtirmas edi. Hech kim unga zarba urishga
6 imkoniyat topa olmas edi. Sovutining faqat oldi bo‘lib, orqa tomoni ochiq edi. Unga: –
Dushman orqa
tomoningdan kelib
qolishidan qo‘rqmaysanmi? – deyilganida u: – Agar men dushmanimga orqadan kelishiga imkon beradigan bo‘lsam, shu holda ham meni o‘ldira olmaydigan unday dushmanimni Alloh aslo(tirik) qoldirmasin! – deya javob qildi.
Download 334.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling