Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

 
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 
1. Korxonadagi kadrlar strukturasi tasnifini yoriting? 
2. Ishchilarning haqiqiy va ro’yxatdagi soni tushunchasini yoriting? 
3. Ish vaqti balansi nima? 
4. Ish vaqti balansini rejalashtirish tartibini yoriting? 
5. Smenalik koeffitsienti va uni aniqlash tartibini izohlab bering. 
6. Smenalik koeffitsienti bilan mehnat unumdorligi orasidagi bog’liqlikni ifodalab 
bering. 
7. Ishchilar sonini rejalashtirish usullarini tasniflang? 
8. Yiriklashtirilgan usulda ishchilar sonini rejalashtirish tartibini yoriting? 
9. Ishchilar soni bo’yicha iqtisodni aniqlash formulalarini keltiring va izohlang? 
10. Muxandis va texnik xodimlar sonini rejalashtirish bo’yicha yondashuvni 
izohlang. 
Mavzuga tegishli test savollari: 
1. Zaruriy ishchilar sonini aniqlash uslubiga quyidagilar kirmaydi: 
A. Mahsulot birligiga sarflangan vaqt sig’imi bo’yicha; 
B. Vaqt birligi davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bo’yicha; 
C. Xizmat ko’rsatish me’yori bo’yicha; 
D. Foyda me’yori bo’yicha. 
2. Korxonaning ro’yxatdagi ishlovchilar soni quyidagilardan tarkib topadi: 
A. Doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilingan xodimlar; 
B. 1 kun muddat bilan doimiy va vaqtinchalik ishlarga qabul qilingan xodimlar; 
C. 1 kun va undan ko’proq muddatga doimiy va vaqtinchalik ishlarga qabul 
qilingan xodimlar; 
D. A va B javoblar to’g’ri. 


227 
3. Ro’yxatdagi ishchilar soni bilan haqiqiy ishchilar soni orasidagi farq ... 
A. Imtiyozli ruxsat etilgan ishga chiqmaslik kunlari hisobiga yuzaga keladi
B. Ish kuni davomida yuz beradigan tashkiliy-texnik tanaffuslar hisobiga yuzaga 
keladi; 
C. Ishchilarning ishga sababsiz kelmagan kunlari hisobiga yuzaga keladi; 
D. Doimiy va mavsumiy ishlarga jalb qilingan ishchilar soni orasidagi farqdir. 
4. Korxonada rejalashtirilgan mahsulot hajmi 40 ming dona bo’lib, samarali ish 
vaqti fondi 1800 soatni tashkil etadi. Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun 
vaqt sarfi 1,1 soatni tashkil etadi. Zaruriy ishchilar soni quyidagiga teng 
bo’ladi:
A. 20 ta; 
B. 18 ta; 
C. 19 ta; 
D. 21 ta. 
5. Mahsulotni ishlab chiqarish 5 ta liniyada 2 smenali ish rejimi asosida amalga 
oshiriladi. Xizmat ko’rsatish normasi 0,25 ga teng. Zaruriy ishchilar sonini 
aniqlang.
A. 35 ta; 
B. 42 ta; 
C. 40 ta; 
D. 45 ta. 
6. Korxonada rejalashtirilgan mahsulot hajmi 81600 dona bo’lib, bir operatsiyani 
bajarish vaqti 48 minut. Mahsulot ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish 
koeffitsienti 1,2 ga teng. Samarali ish vaqti fondi 236 kun. Ish kuni davomiyligi 
8 soatga teng. Zaruriy ishchilar sonini aniqlang.
A. 20 ta; 
B. 29 ta; 
C. 31 ta; 
D. 27 ta. 


228 
7. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi 7000 dona mahsulotni tashkil qiladi. 
Ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni 200 kishi bo’lib, ishlab chiqarish 
hajmini 15% ga oshirish ko’zda tutiladi. Reja yili uchun ishchilar soni 
quyidagiga teng bo’ladi:
A. 230 kishi; 
B. 240 kishi; 
C. 250 kishi; 
D. 210 kishi. 
8. Ruxsat etilgan imtiyozli ishga chiqmaslik kunlari 24 kunni, nominal ish vaqti 
fondi 254 kunni tashkil etadi. Ishchilarning haqiqiy soni 170 kishi bo’lib, 
ularning ro’yxatdagi soni quyidagiga teng bo’ladi:
A. 190 kishi; 
B. 189 kishi; 
C. 185 kishi; 
D. 187 kishi. 
9. Smenalik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 100 dona mahsulot bo’lib, bir 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt 70 minutni tashkil qiladi. 
Smena davomiyligi 480 minut, mahsulot ishlab chiqarish hajmini 100% ga 
bajarish ko’zda tutiladi. Ishchilar soni quyidagiga teng bo’ladi:
A. 19 kishi; 
B. 10 kishi; 
C. 17 kishi; 
D. 15 kishi. 
10. Ishchilarning haqiqiy va ro’yxatdagi ishchilar sonin aniqlang. Sexdagi jihozlar 
soni 180 tani tashkil etadi. Xizmat ko’rsatish normasi bir smenaga 6 ta jihoz. 
Smenalik koeffitsienti 1,45 ga teng. Samarali ish vaqti fondi 230 kun. Nominal 
fond 260 kun.
A. 40, 50; 
B. 44, 50; 


229 
C. 45, 55; 
D. 48, 52. 


230 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling