Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
6-Masala Ikki smenali ish sharoitida ishlovchi agregatning ish vaqti fondi 5120 soat bo’lib, ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun 20 soat vaqt ketadi. Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish foizi 117 foiz bo’lib, mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang. 296 7-Masala Hisobot davrida korxona “A” turdagi mahsulotdan 2000 dona “B” mahsulotdan 3000 dona ishlab chiqardi. “A” mahsulotning narxi 1800 so’m, “B” mahsulotning narxi 2580 so’m. Chetga amalga oshiriladigan ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar qiymati 3700 ming so’m; Yil boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati 7500 ming so’m, yil oxiriga 5300 ming so’mni tashkil etadi. Shuningdek, asosiy mahsulot bilan birga 12000 ming so’mlik tara ishlab chiqarilgan bo’lib, undan 8000 ming so’m tashqari uchun mo’ljallangan. Yalpi, tovar mahsuloti hajmini aniqlang. 8-Masala Korxona 520 ming so’mlik asosiy mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtirgan bo’lib, chetga ishlab chiqarish xarakterida bajariladigan ishlar qiymati 48 ming so’m bo’lib, rejalashtirilgan yildagi yarim tayyor mahsulotlar qiymati 50 ming so’m, undan 50 foiz korxona uchun foydalaniladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi yil oxirida 38 ming so’mga ko’payadi. Yil boshida omborda sotilmagan mahsulot qoldig’i 80 ming so’m, yil oxirida esa 30 ming so’mni tashkil etishi rejalashtirilgan. Sotilgan, tovar va yalpi mahsulot hajmini aniqlang. 9-Masala Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda yalpi, tovar va sotilgan mahsulot hajmini aniqlang. 60000 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, chetga 1500 ming so’mlik xizmatlar ko’rsatilib, tashqariga 90000 ming so’mlik yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, o’z ehtiyoji uchun 20200 ming so’mlik yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarilgan. Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati yil boshiga 34000 ming so’m bo’lib, yil oxiriga esa 48000 ming so’mni tashkil etadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling