Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Ishlab chiqari rejasi. 
Bu bo’limni yozishning asosiy qoidasi shundan iborat: bayon imkon qadar 
sodda bo’lishi kerak va texnik jargondan iloji boricha kamroq foydalanish kerak, 
chunki bu bo’limni asosan maxsus muxandislik ma’lumoti yo’q kishilar o’qiydi. 
SHu bilan birgalikda kredit beruvchi tashkilot xodimlarini qiziqtirmaydi deb 
bo’lmaydi - biznes-rejada ishlab chiqarishning asosiy komponentlari bayon etilgan 
bo’lishi kerak. Ishlab chiqarishning rejasi texnik ta’rifdan tashqari ishlab 
chiqarishning iqtisodiy harajatlari hisobini ham o’z ichiga olishi kerak. Bundan 
tashqari quyidagi savollarga javob berilishi kerak: 

Ishlab chiqarish va texnologiyalarning asosiy metodlari qanday? 

Ishlab chiqarish protsessining umumiy tarkibi, tovar ishlab chiqarish 


405 
bo’yicha operatsiyalar jarayoni qanday? Operatsiyalarda ustivorlikka 
erishish mumkinmi? Ishlab chiqarish jarayon tizimini ishlab chiqarish oqimi 
sxemalari yordamida ko’rsatish yaxshiroq? 

Qanday xom ashyo va materiallar zarur? Firmaning asosiy tashkilotchilari 
kim? Ularning nomi manzilini ko’rsatish lozim. 

Salbiy omillar (zaif joylar) aniqlanganmi? Ular, u yoki bu operatsiyalarga 
sarflanadigan vaqt yoki ta’minotchilar bo’lishi mumkin. 

Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qanday kuchlar zarur? Korxonada 
ushbu kuchlar mavjudmi? Ularni kengaytirish, malakasini oshirish rejasi 
bormi va ular biznes reja bosqichlari bilan bog’liqmi? 

Korxona ishlab chiqarish ko’lami samarasiga umid bog’lashi mumkinmi? 
Ko’zda tutiladigan chiqimlar tarkibi qanday? 

Ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirayotganda ko’zda tutilmagan 
vaziyatlar va ularni takrorlanishi qanchalar tez-tez uchraydi? 

Sifat nazorati qanday amalga oshiriladi? 

Mavjud va zarur uskunalar ro’yxati, uni tanlash qanday amalga oshiriladi? 

Ishlab chiqarish qaerda joylashadi? Geografik sharoitlar va joylashgan 
o’rniga ko’ra ishlab chiqarishga bo’lgan talablar qanday? 

Ishlab chiqarishni yuritish uchun bugun va ertaga zarur bo’lgan ish kuchi 
qanday? Ishchilar malakasi uskunalar imkoniyati va xususiyatlariga mos 
keladimi? 
Boshqaruv. 

Loyihaning samaradorligi kompaniyaning top-menejmentiga bog’liq. Bu 
bo’limga asosiy mutaxassislar va rahbarlar tarkibini tashkillash, korxonaning 
tashkiliy tuzilishi va loyihani amalga oshirish muddati, rahbariyat tarkibini 
asoslash usullari yoritiladi. 

Bu bo’limda korxonaning asosiy qatnashchilarini qisqacha tanitish 
(tadbirkor, uning hamkorlari, investorlar, direktorlar kengashi a’zolari, 
asosiy vazifalarni bajaruvchi xodimlar va h.k) ichki aloqalarni ko’rsatuvchi 


406 
korxonaning tashkiliy sxemasini keltirish, korxona doirasida javobgarlik va 
ma’suliyatlarni ko’rsatish kerak. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling