Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


“Moliyaviy reja” ning maqsadi


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

“Moliyaviy reja” ning maqsadi. 
Tashkilot va loyiha faoliyatini moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi biznes 
rejaning qismi. 
Moliyaviy rejada oldingi yillarning moliyaviy ma’lumotlarini ko’rsatish 
maqsadga muvofiqdir. Taqdim etilayotgan loyihalar uchun asos bo’lgan barcha 
taxminlarni lo’nda va anik shaklda bayon etish zarur. Moliyaviy rejada kompaniya 
rivojlanishining mumkin bo’lgan optimistik va pessimestik stsenariylarini ko’rsatib 
o’tish mumkin. 
Biznes rejaning “Moliyaviy reja” qismida ishni bajarish jadvali va uni 
amalga oshirish uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslarni (rejalashtirilgan 
manbalar va moliyalashtirish sxemasi, zayomchilar javobgarligi va kafolat tizimi, 
kreditlarni to’lash jadvali) va sarf-harajatlarning to’liq sxemasini ko’rsatib o’tish 
kerak. Moliyaviy rejaga pul manbalarining harakati hakidagi hisobot, foyda va 
kamomad hakidagi hisobot, loyihaning samaradorligi ko’rsatkichi (ichki foyda 
normasi, o’zini qoplash muddati, rentabillik me’yori, zararsizlik nuqtasi) kiritiladi. 
Moliyaviy reja qismining tuzilishida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim: 
Tayyorlov bosqichi 
1. Asosiy davr 
2. Kirimlar hisobi 
3. Kredit bilan bog’liq xizmatlar 
4. Soliq to’lovlari 
5. Boshqa kirimlar va to’lovlar 
6. Realizatsiya hajmlarining prognozi 
7. Daromad va xarajatlar haqidagi hisobot 
8. Pul mablag’lari harakatining rejasi 
9. Taxmin qilinayotgan balans 


407 
Bezagi va adabiy uslubi. 
Biznes-rejaning yutig’i mazmunigagina emas, balki uning bezagi va adabiy 
uslubiga ham bog’liq. Didsiz bezalgan, savodsizlarcha tuzilgan, juda maqtab 
yuborilgan, yoki aksincha, juda qisqa biznes-reja kutilgan natijani bermasligi 
mumkin. 
Biznes-rejalashtirish bo’yicha mutaxasislar biznes-rejani tuzish va bezash bo’yicha 
quyidagi qoidalarga amal qilishni maslahat beradilar: 
Takliflar qisqa, lo’nda, ravon bo’lishi kerak. So’zlarni behuda sarflab 
“chiroyli” yozishga xojat yo’q, matnga haddan tashqari ko’p his-tuyg’ularni 
qo’shish kerak emas. Ko’p ma’noli, yoyik fikrlardan foydalanmaslikka maslahat 
beriladi. O’quvchi akademik ilmiy insho tarzda yozilgan biznes rejani uncha 
yaxshi kabul qilmaydi. 
Texnik jargondan foydalanishga ruju qo’ymaslik kerak. O’quvchi, muallif 
yozayotgan predmetini yaxshi o’zlashtirmagan degan xulosaga kelishi mumkin. 
Anik va tushunarli iboralar muallifning ishini chuqur anglashini bildiradi. 
Biznes-reja faqat ishga taalluqli ma’lumotni o’z ichiga olishi kerak. Mazkur 
biznes bilan bog’liq bo’lmagan sohalar yoki sof nazariyaga, ekskurslarga kirishib 
ketmaslik lozim. Masalan, o’z mahsulotining davriy sotilishi xarakterini ko’rib 
chiqayotib ishchi davriy nazariyani to’laligicha bayon etishi shart emas. 
Biznes-rejada keltirilgan g’oyalar haddan tashqari ambitsiozli bo’lmasligi 
kerak. Bo’lajak yutuqlar chegarasini, reklama maqsadida bo’lsa ham, real biznes 
imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib, oshirib bo’lmaydi. Potentsial investor 
banklar, davlat, venchur kompaniyalar ko’pincha ishning xaqiqiy ahvoli bilan 
yaxshi tanish bo’ladilar. Ayniksa firmaning bozorda rejalashtirilgan ulishi, o’sish 
kelajagi va bozor haqidagi ma’lumotlar aniq va yaxshi asoslangan bo’lishi kerak. 
Reja holatini aniqlashda fotosuratlar, diagramma, jadvallar juda yaxshi 
yordam beradi. Bu manbalardan to’g’ri foydalanish biznes-reja haqidagi taasurotni 
kuchaytiradi. 
Rejaning aniq tarkibiga ham e’tibor qaratish lozim. Material qisqa, yaxshi 
ajratilgan paragraflarga bo’lingan bo’lishi kerak. Biznes rejaning har xil qismlarini 


408 
ifodalash uchun turli ranglar, shrift namunalarini qo’llash mumkin. Yaxshi tuzilgan 
va bezatilgan material oson o’qiladi va diqqat markaziga tez tushadi. Sizning 
biznes-rejangiz umumiy fonda ajralib turishi lozim. 
Biznes-rejaning muhim fikrlar va asosiy xulosalarni alohida ajratish kerak. 
Biznes-rejaning asosiy bo’limlarini turli xajmli ma’lumotlar bilan og’irlatishi kerak 
emas. Agar qo’shimcha ma’lumot darhaqiqat zarur bo’lsa, ishning mohiyatini 
ochib bersa, uni biznes-rejadan chiqarib tashlash shart emas. Bunday ma’lumotni 
yaxshisi “Ilova” qismiga kiritish kerak, toki qo’shimcha ma’lumot olishni istovchi 
o’quvchilar topib o’qisinlar. 
Biznes-reja ustida ishlash uchun vaqtni to’g’ri tanlay bilishi lozim, bu 
mashg’ulot katta e’tiborni talab etadi. 
Biznes-rejani barcha ishlar bir tekis ketayotganda, jiddiy muammolar 
yo’qligida yozish kerak. 
Biznes rejani tuzishda korxona faoliyatini rejalashtirishning turli usullari 
mavjudligini unutmaslik kerak. Biznes rejaning asosiy bo’limlarini belgilashda 
korxona yoki firma faoliyatida har xil o’zgarishlar yuz berishi va ularga firma 
moslashishi lozimligi hisobga olinishi kerak. 
Agar umumiy hajmi 50 betdan oshmasa, biznes-rejani maqbul deb atash 
mumkin. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling