Ismatova gulzoda zarpillaevna


Oʻtkir Hoshimov (1941-2013) ning ”Dunyoning ishlari”qissasi


Download 327.36 Kb.
bet11/12
Sana08.11.2023
Hajmi327.36 Kb.
#1756476
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Yuzlik” mavzusida masalalar ustida ishlash metodikasi mavzusidag-fayllar.org

Oʻtkir Hoshimov (1941-2013) ning ”Dunyoning ishlari”qissasi
Mazkur asar eng ezgu,eng samimiy tuygʻular haqida, eng e`zozli zot- Ona toʻgʻrisida hikoya qiladi.
Oʻtkir Hoshimovning bu asari har biri mustaqil syujetli hikoyalardan tashkil topgan .bu asar yozuvchining boshqa asarlari kabi kishini befarq qoldirmaydi. Ularda oʻgʻli uchun qanday mashaqqatga , jon fido qilishga tayyor, sharqona ma`naviyatni oʻzida mujassam etgan ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorlikdan xoli. Shu tufayli ham u katta qiziqish va hayajon bilan oʻqiladi. Uni oʻqib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz.
Oʻtkir Hoshimovning ”Gilam paypoq” hikoyasida ona oʻz jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xolos qilish uchun har narsaga , hatto jonini ham berishga tayyor. Ona qattiq shamollab qolgan oʻgʻilchasini olib , shosha-pisha :” Voy,endi nima qilaman?!”- degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga yuguradi. Bola darddan biroz yengil tortgach, ona oʻz sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyganini – oyogʻini sovuqqa oldirgani ma`lum boʻladi.
Asardagi ”Alla” deb nomlangan bob ham nihoyatda ta`sirchanligi bilan kishi yodida qoladi. Alla – inson bolasi hayoti tinglaydigan ilk qoʻshiq, u vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir. Yozuvchi bu ezgu qoʻshiqni ilohiy kuchga ega boʻlgan, koʻngilni eritadigan ohang sifatida ta`riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan oʻqish qiyin.
Qissaning ”Iltijo” deb nomlangan bobida esa insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon toʻlab boʻlmas qarz ekani nihoyatda ta`sirchan ifodalanadi.

Darhaqiqat , ”Dunyoning ishlari” qissasini oʻqiganda qalbimizni bir-biriga tutash iliq his choʻlgʻaydi – u ham boʻlsa oʻz onamizga va umuman , onalarga boʻlgan mehr hissi . Haqiqatdan ham , yozuvchining oʻzi e`tirof etganidek, asar uning oʻz onasi haqida emas, ”... umuman , oʻzbek ayoli haqida va umuman, onalar toʻgʻrisida” . Qissada bir-biridan mazmunli , qiziqarli hikoyalar koʻp.



KALIT SOʻZLAR
  1. Masala yechish – do sums


  2. Matematika –maths


  3. Qoʻshish – plus


  4. Ayirish – minus


  5. Boʻlish – divide


  6. Koʻpaytirish – multiplication


  7. Tenglik – equal


  8. Toʻqqiz –nine


  9. Oʻttiz -thirty


  10. Besh yuz –five hundred


  11. Ming – thousand


  12. Sinfxona – classroom


  13. Bilim – knowledge


  14. Dars – lesson


  15. Jadval – table


  16. Xona – room


  17. Raqam –number


  18. Didaktik materiallar –didaktik materials


  19. Oʻyin – game


  20. Choʻp – stick


  21. Rasm –picture


  22. Yozmoq –write


  23. Sanamoq – count


  24. Gapirmoq – speak


  25. Oʻqituvchi – teacher


  26. Oʻquvchi – pupil


  27. Maktab -school


  28. Vosita-means


  29. Topshiriq-task


  30. Taqdimot-presentation





Download 327.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling