Issiqlik mashinalari va ularning f I. k. Karno sikli va uning f I. k. Karno teoremalari
Download 75.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqFoydali ish koeffitsenti
Foydali ish koeffitsenti Reja Issiqlik mashinalari va ularning f.i.k. Karno sikli va uning f.i.k. Karno teoremalari Xulosa Issiqlik mashinalarida sodir bo`ladigan jarayonlarda uzatiladigan issiqlik miqdori hisobida A ish bajariladi va bunda energiya saqlanish qonuni bajariladi. Tashqaridan olingan va tashqariga qaytarib berilgan issiqlik miqdorining qiymatlari orasidagi Q0Q1 ayirma hosil qilingan A ishga teng. Isitgichdan olingan Q0 issiqlik miqdorining qancha qismi A ishga aylaganini bilish katta amaliy ahamiyatga egadir. Chunki sovitgichga berilgan Q2 issiqlik miqdorining amaliy ahamiyati yo`q. Shuning uchun F.I.K. tushunchasi kiritiladi. Bu foydali ish koeffitsientini hisoblashda o`tgan mavzudagi ikkinchi rasmdagi siklni bajarilishida ishlarni hisoblagan edik, 4 ta bosqichdan iborat bo`lgan bu siklda ishlovchi modda biror manbadan olingan Q0 issiqlik miqdori hisobga A ishni bajaradi. Shuningdek bu jarayonda Q1 issiqlik miqdori sovutgichga berilishini ko`rdik. Bu protsess murakkab xarakterlidir. Demak, bu jarayonda sovutgichga bajaradigan Q1 issiqlik bilan aniqlanishini o`rgandik. Bunda A-ish isitgichdan olingan Q0 issiqlik miqdorining qanday qismini tashkil qilishini aniqlash muhimdir. (18.1) formuladan -birga qancha yaqin bo`lsa, ya`ni A ish olingan issiqlik miqdorining qanchalik katta qismini tashkil qilsa, mashina shunchalik ko`p manfaatli bo`ladi. Biz o`tgan mavzuda Karno siklini ko`rib, bu jarayon ikkita izoterma va ikkita adiabatadan iborat bo`lgan qaytuvchan aylanma protsess ekanligini bilgandik (18.1-rasm). 1 holat hajm V0, bosim Р0 va temperatura Т0 bilan xarakterlanadi. 1 mol ideal gazni ishlovchi modda sifatida olib Karno siklini o`rganamiz. Gaz 2-holatni olguncha hajm V1, bosim Р1 bilan izotermik (T=const) kengayishiga majbur qilamiz: gaz izotermik kengayishi vaqtida isitgichdan Q0 issiqlik miqdorini oladi va ish bajaradi. Gaz 2-hajmdan boshlab, hajmi V2 bosim Р2 ga teng bo`lgan adiabatik kengayishi imkonini beramiz va u 3-holatga yetib keladi bu holda gazning temperaturasi Т1 gacha pasayadi. Gaz 3-holatdan boshlab hajmi V2, bosim Р2 bilan xarakterlanib, o`zgarmas temperatura Т1 bilan siqamiz. Bunday siqilish izotermik siqilish bo`lib, gazni hajmi V3 va bosimi Р3 ga teng bo`lgan 4-holatni egallaydi. Bu siqilishda gaz sovitgichga Q1 issiqlikni beradi va ish bajaradi. Nihoyat, gazni 4-holatdan boshlab adiabatik ravishda shunday siqishimiz, uning hajmi boshlang`ich V0 hajmni, Р0 bosimni egallash va uning temperaturasi boshlang`ich temperaturagacha ko`tarilsin. Bunday yonish sikl Karno sikli bo`lib, uning f.i.k. orqali ifodalanadi. Bu yerda A - to`la sikl davomida bajarilgan ish. Q0 - isitgichdan olingan issiqlik miqdori. Q1 - sovutgichga berilgan issiqlik miqdori. Agar bu protsessda: - Т0 - деб gazning (18.1)-( 18.2) izotermik kengayishidagi temperaturasi. Т1 - deb gazning (18.3)-( 18.4) izotermik siqilishdagi temperaturalar desa u holda izotermik kengayishda gaz isitgichdan Q2 issiqlik miqdorini beradi. Demak isitgichning temperaturasini, Т0 va sovitgichning temperaturasini Т1 desak, Karno siklini f.i.k bilan xarakterlanadi: Bu Karnoning to`g`ri sikli ideal issiqlik mashinasidir. Bunday ideal issiqlik mashinasining f.i.k. faqatgina isitgichning Т0 -temperaturasi va sovutgichning Т1 temperaturasi deb aniqlanadi. Bu siklning o`tishi natijasiga gaz ishni bajaradi. Bu holda isitgichdan Q0 issiqlik miqdori olingan va sovitgichga issiqlik miqdori berilgan bo`ladi. Demak isitgichning temperaturasi Т0 qanchalik yuqori bo`lsa va sovitkichning temperaturasi Т1 qancha past bo`lsa F.I.K. shunchalik yuqori bo`ladi. Isitgichdan olingan Q0 issiqlik miqdorining shancha ko`p qismi ishga aylanadi va shuncha kam Q1 issiqlik miqdori sovitgichga beriladi. Agar sovitgichning temperaturasi Т1=0 bo`lsa =1 bo`lishi mumkin. Ammo absolyut О-ni olib bo`lmaydi. Shuning uchun <1 da bo`ladi. Karno to`g`ri siklning (ideal issiqlik mashinasining) ishlash sxemasi quyidagicha: 18.1-rasm Korno siklning qaytuvchanlikka nisbatan aksincha yo`nalishda amalga oshirish Karno ideal sovuqlik mashinasi bo`ladi. Uning sxemasi quyidagicha 18.2-rasm Isitgichga issiqlik miqdoori beriladi. Karno aks siklning (ideal sovuqlik mashinasining) ishlash sxemasi 18.2-rasmda keltirilgan. Yuqorida bayon qilingan barcha xulosalarni chiqarishda biz Karno sikli ideal gaz ustida bajarildi, deb faraz qildik. Ammo termodinamikaning ikkinchi bosh qonunidan foydalanib, ixtiyoriy ishlovchi modda ustida bajarilgan qaytuvchan Karno siklning foydalanish koeffitsienti ideal gaz ustida bajarilgan Karno siklning foydali ish koeffitsientiga tengligini ko`rsatish mumkin. 1> Download 75.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling