Issiqlik muhandisligi


Qaytar, qaytmas, muvozanatli va muvozanatsiz jarayonlar


Download 160.29 Kb.
bet24/24
Sana22.06.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1650437
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Yakuniy nazorat javoblar

37.Qaytar, qaytmas, muvozanatli va muvozanatsiz jarayonlar
Holatlar fazosida bunday jarayon egri chiziq orqali ifodalanadi ,uning har bir nuqtasi muvozanat holati bo’ladi. Juda sekin jarayonlarning har bir oraliq holat imuvozanat holati bo’ladi va bunday jarayonlar muvozanatli jarayon deyiladi; Muvozanatli jarayonlarni ifodalovchi munosabatlarda parametrlarning o’zgarish tezligining qiymati ahamiyatga ega emas , faqat ularning o’zgarish yo’nalishi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Chekli tezlikda sodir bo’luvchi jarayonlar (agar tezliklar fizik bog’lanishlarga tasir ko’rsatsa) muvozanatsiz jarayonlar deb ataladi . Muvozanatli va o’rnashgan (statsionar) jarayonlar umumiy holda ustma ust tushmaydi.Jarayon o’rnashgan bo’lishi mumkin yani geometric fazodagi berilgan nuqtada holat parametrlari vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi

Shu vaqtning o’zida muvozanatsiz bo’lishi ham mumkin , yani parametrlarning o’zgarish tezliklari muhit zarrachalaridagi jarayonlarga sezilarli tasir ko’rsatadi.

3. Biror holatdan holatga o’zgaruvchi jarayon qaytar jarayon deyiladi, agar parametrlarning cheksiz kichik ortirmasida oraliq holatlar uchun barcha tenglamalar shu ortirmalar qarama –qarshi ishora bilan olinganda ham o’rinli bo’lsa .Shunday qilib holatlar fazosida biror holatlar ketma-ketligi qaytar jarayonni tashkil qilsa, unga mos keluvchi energiya oqimlari  ,  va d  lar to’g’ri va qaytuvchi jarayonlarda faqat ishorasi bilan farq qilar ekan.
38.Sharsimon devorning issiqlik o‘tkazuvchanligi

39.Termodinamika va uning uslubi
Termodinamika–energiyaning aylanish (o‟zgarish) qonuniyatlari haqidagi fandir. Termodinamikaga XIX asrda asos solingan edi. Bu davrda issiqlik dvigatellarining taraqqiyoti tufayli issiqlikning ishga aylanish qonuniyatlarini o‟rganish zaruriyati tug‟ildi. Termodinamika turli fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning u yoki bu tizimlarda qaysi yo‟nalishda sodir bo‟lishini aniqlashga imkon beradi. Termodinamikaning tuzilish printsipi juda sodda. Termodinamika asosiga tajriba yo‟li bilan aniqlangan ikkita asosiy qonun qo‟yilgan. Termodinamikaning birinchi qonuni energiya aylanish jarayonlarining miqdoriy tomonini tavsiflaydi, ikkinchi qonuni esa fizikaviy tizimlarda sodir bo‟ladigan jarayonlarning sifat tomonini (yo‟nalganligini) belgilaydi. Faqat shu ikkita qonundan foydalanib, qat‟iy deduktsiya uslubi yordamida termodinamikaning barcha asosiy xulosalarini chiqarish mumkin.
Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling