Issiqlik muhandisligi


Eksergiya tushunchasi. Maksimal ish


Download 160.29 Kb.
bet20/24
Sana22.06.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1650437
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Yakuniy nazorat javoblar

30.Eksergiya tushunchasi. Maksimal ish
Jismning boshlang'ich holati p1 T1, dan oxirgi holati — o‘rab turuvchi muhit bilan muvozanatlashgan holati ko‘rsatkichlari p0, T0 gacha bo'lgan qaytar jarayonda m aksim al ish olish m umkin. Ishchi jism bajarayotgan maksimal ish ishlash qobiliyati yoki eksergiya deyiladi, bunda sovitkich sifatida T0 haroratli tashqi muhit qabul qilinadi va jarayon oxirida ishchi jism o‘rab turuvchi muhit bilan termodinamika muvozanatga keladi. Yopiq tizimlar uchun jismlar ekseigiyasini ko‘rib chiqamiz. Ishchi jism p, и, T, и va S ko'rsatkichlari bilan qaytar jarayonni amalga oshirib, o‘rab turuvchi muhit bilan termodinamika muvozanatiga kelsin. Ma’lumki, bu holda uning holat ko‘rsatkichlari p0, t>0, T0, u0 va S0 qiymatlarga ega bo'ladi. Termodinamikaning birinchi qonuniga ko‘ra jarayonda ishchi jism ichki energiyasining o‘zgarishi unga tashqi issiqlik ta’siri (kiritilishi yoki chiqarilishi) bilan yoki ish bajarish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Ishchi jismga issiqlik kiritish (yoki chiqarish) jarayonini muvozanatlash shartining bajarilishi o‘rab turuvchi muhitning o‘zgarmas harorati T0 da amalga oshiriladi, ya’ni berilgan holat uchun Sq= TQdS. Yopiq tizimda jism eksergiyasi de bajarilgan ish Si dan o‘rab turuvchi muhit bosimini yengish uchun sarf bo'lgan ish (p0d&)ni ayirganiga teng bo‘ladi.
Eksergiya tushunchasi issiqlik apparatlari jarayonlarining mukammallik darajasini tahlil qilish uchun foydalaniladi. Issiqlik apparatiga pv Tx ko'rsatkichli ishchi jism oqimi kiritilganda issiqlik manbasidan qx miqdor issiqlik olinadi, issiqlik apparatidan shu ishchi jism oqimi pv T2 ko‘rsatkichlari bilan chiqariladi. Bu holda issiqlik apparatida tB foydali ish bajarilad


31 Issiqlik almashinuv apparatlari
Issiqlik tashuvchini qizdirish yoki sovitish uchun mo‘ljalangan qurilma issiqlik almashinuv apparati (IAA) deyiladi. Issiqlik tashuvchi sifatida suyuqlik yoki gaz ishlatiladi. Issiqlik tashuvchilar isituvchi va isitiladigan tashuvchilarga bo‘linadi. Masalan, qozon ichida qizigan gaz isituvchi issiqlik tashuvchi, qozondagi suv esa isitiladigan issiqlik tashuvchi hisoblanadi. Isitish radiatoridagi suv isituvchi issiqlik tashuvi, xonaga issiqlikni tarkatadigan havo esa, isitiladigan issiqlik tashuvchi hisoblanadi. IAA lariga bug‘ qozonlari, kondensatorlar, bug‘ qizdirgichlar, havo isitkichlar, markaziy isitish asboblari, radiatorlar va shu kabilar misol bo‘la oladi. IAA lari o‘zining shakli va o‘lchamlari bilan hamda ishlatilayotgan ishchi jismi bilan bir – biridan katta farq kiladi. IAA lari xilma xil bo‘lsada, issiqlik hisobining asosiy qoidalari ular uchun umumiy bo‘lib qoladi.IAA lari texnikada nixoyatda keng tarqalgan, hozirgi vaqtda ularning aniq bir tasnifi yo‘q. Quyida keltirilgan tasnif eng ko‘p qo‘llanilayotgan IAA lariga ta’luqlidir. IAA larini quyidagi belgilariga qarab tasniflash mumkin. Aralashtirgichli. Bunday IAA larida issiq va sovuq issiqlik tashuvchi bir – biriga bevosita tegadi va keyin aralashib ketadilar. Masalan, qozon agregatidan chiqadigan yuqori temperaturali bug‘ yo suv sovuq yoki iliq suv bilan aralashtiriladi, so‘ngra iste’molchilarga uzatiladi. Bunday IAA lariga gradirnyalar, deaeratorlar, skrubberlar va boshqa qurilmalar kiradi. Gradirnyada minoradan yomg‘irdek tushayotgan suv havo bilan aralashadi va natijada suv soviydi, havo esa isib yuqoriga ko‘tariladi. Rekuperativli. Bunday IAA larida issiqlik ajratuvchi devor (odatda metall) orqali uzatiladi. Bunday apparatlarga bug‘ generatorlari, bug‘ qizdirgichlari suv isitkichlari, havo isitkichlari va turli xil bug‘latgich apparatlari kiradi. Hozirgi paytda rekuperativ apparatlar eng ko‘p tarqalgan. Ular tuzilishi juda sodda, ixcham va issiqlik tashuvchilarning temperaturasini har doim o‘zgarmasligini ta’minlaydi. Issiqlik tashuvchilar turiga qarab: Suv – suvli bug‘ – suvli; suv – havoli gaz – havoli; yog‘ - havoli. Materialning turiga qarab: po‘latli IAA lari; cho‘yanli IAA lari, bular korroziyaga chidamli va nisbatan arzon, lekin mustaxkamligi po‘latdan past; grafitli IAA lari – bular kimyoviy agressiv muhitda ishlatiladi; shishali, sopolli, qo‘rg‘oshinli, plastmassali IAA lari ham kimyoviy muhitlarda qo‘llaniladi. Issiqlik almashinuv sirtiga qarab: Silliq ( tekis) quvurli, bunday IAA lari eng ko‘p tarqalgan. O‘z navbatida tekis quvurlar to‘g‘ri U – simon, spiralsimon, buramasimon va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Qovurg‘ali IAA lari, plastinkasimon IAA lari – bular isitish yuzasining ikkala tomonida issiqlik berish koeffitsienti bir xil bo‘lganda qo‘llaniladi. Issiqlik tashuvchilarning yurish soniga qarab: bir yo‘lli va ko‘p yo‘lli IAA lari.



Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling