Исследование в XXI веке май, 2023 658 xonjiza kon boyitish fabrikasidagi metallarni boyitishda flotatsiyon
Olingan natijalar va ularni muhokamasi
Download 40.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Ermatov I.T
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm. Rux konsentratini texnik rux xloridiga qayta ishlash tajribaviy qurilma texnologik sxemasi
Olingan natijalar va ularni muhokamasi. Xonjiza koni rux saqlovchi konsentratidan
olingan rux xloridi plazma atomemission tahlil natijalari rux xloridini yuqori darajada mavjudligi va silikat, aluminiy, temir, mis va boshqa qo‘shimchalarni kam miqdorda mavjudligini ko‘rsatadi. Rux xloridini plazma atom emission tahlil natijalari rentgen va IQ – spektr tahlil natijalarini tasdiqlangan [5]. Laboratoriya sharoitida olingan ma’lumotlar, shuningdek moddiy oqimlar hisobi va moddiy balansni tuzilishi Xonjiza koni rux saqlovchi konsentratidan rux xloridi olish texnologik sxemasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Rasmda rux xloridi olish texnologik sxemasi keltirilgan. Rasm. Rux konsentratini texnik rux xloridiga qayta ishlash tajribaviy qurilma texnologik sxemasi Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023 660 1 – kuydirish pechi, 2 – avtoklav reaktor, 3, 6 – filtrlar, 4, 7 – idish, 5 – aralashtiruvchi idish, 8 – kristallizatorli vakuum bug‘latish qurilmasi, 9 – transporter, 10 qadoqlovchi qurilma, 11 – distillyator. Texnologiyaning asosi rux saqlovchi konsentratni xlorid kislota eritmasi bilan kislotali parchalash, qattiq fazani ajratish, rux xloridi eritmasini olish eritmani qo‘shimchalardan tozalash va suyuq fazani bug‘latib rux xloridi tuzli cho‘kmasini olishdan iborat. Rux konsentratini rux xloridiga qayta ishlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: - rux konsentrati 500 °С da kuydirish; - Xonjiza koni ruxli konsentratini yuqori bosimli avtoklavda t = 80oS da xlorid kislotali parchalash; - Rux xloridi eritmasini ajratish va qo‘shimchalardan tozalash; - tozalangan rux xloridi eritmasini bug‘latib texnik rux xloridi olish; - qadoqlash va tayyor mahsulotni saqlash. Avtoklavga rux saqlovchi konsentrat yuklandi va xlorid kislotasi eritmasi qo‘shildi. Reaksiya zich yopilgan avtoklav reaktorida olib boradi, rux konsentratini xlorid kislotasi bilan parchalash jarayonida hosil bo‘luchi gaz reaktor ichida yuqori bosim hosil qiladi va bir vaqtning o‘zida reaktor ichida haroratni ko‘taradi. Reaksiya 10 soat davomida olib borilgan, reaksiya tugagandan keyin pulpani avtoklavdan filtrlash qurilmasiga yo‘naltirilgan. Filtrlashdan keyin suyuq fazani sedimintatsiya usuli bilan qo‘shimchalardan tozalangan, keyinchalik bug‘latish yo‘li bilan rux xloridi ajratib olingan [6]. XULOSA Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo‘jaligidagi o‘rni, foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) komponent, qo‘shimchalar, yo‘ldosh elementlarning miqdori, yani qimmatbaxo komponent-bu foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikma bo‘lib, mis, qo‘rq’oshin, temir, asbest misli, qo‘rqg‘oshinli, temirli va asbestli rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi. Qo‘shimchalar bo‘lsa, foydali va zararl bo‘lishi mumkin. Foydali qazilmalarni boyitishda quyidagi jarayonlar, tayyorlash jarayoni, asosiy jarayon va yordamchi jarayonlar olib borilishi, bu jarayonlar ketma ketliklar natijasida yani, tayyorlash jarayoni ruda bo‘laklarini yuzasini ochib bersa, asosiy jarayon minerallarni tarkibida boyitma va chiqindini ajratib oladi, yordamchi jarayonlarni vazifasi, boyitma va chiqindini qayta ishlashdir. Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023 661 Xonjiza koni rux saqlovchi ruda va konsentratini fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan hamda rux konsentratini qayta ishlab rux xlorid olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan rux xlorid olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ da sanoat miqyosida texnik va kimyoviy toza rux xlorid ishlab chiqarish hamda “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJ da neft va neft mahsulotlarini tozalash, shuningdek suvsizlantiruvchi element hamda katalizator sifatida qo‘llash uchun tavsiya etilgan. Download 40.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling