Исследование в XXI веке январрь, 2023 г 417 huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik haqida tushuncha va


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
Sana05.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1431111
TuriИсследование
Bog'liq
Aripov Xasanboy Nimatjonovich



Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
417 
HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK HAQIDA TUSHUNCHA VA 
HUQUQBUZARLIKNI OLNINI OLISHDAGI CHORA TADBIRLAR 
Aripov Xasanboy Nimatjonovich
Farg'ona tuman Adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada fuqorolarni Demokratik huquqiy davlatni barpo qilish, 
rivojlantirish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning huquqiy ongi va 
madaniyatini o'stirish , Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlovchi huquqiy tizim 
to‘g'risida asosiy tasavvurga ega bo‘lishi lozimligi haqida batafsil tushuncha berilgan. 
Kalit so’zlar: huquq, fuqaro, jamiyat, jinoyat, huquqbuzarlik, jazo, ayiblilik, 
javobgarlik, 
 
Huquqbuzarlik deganda, jamiyat uchun xavfli bo'lgan qilmish (harakat yoki 
harakatsizlik) tushuniladi. Bunday qilmish qonun bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy 
munosabatlarga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xavfini tug'dirishi mumkin. 
Huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ijtimoiy xavflilik; huquqqa zidlik; 
ayblilik; jazolanish. Ijtim oiy xa vflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzarlik jamiyatning 
qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etadi. 
Huquqbuzarlikning zararligi yoki xavfliligi shundan iboratki, u jamiyat hayotining maromiga 
salbiy ta ’sir etadi. 
Huquqqa zidlik — huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi. Bu o'rinda gap qilmish oqibatida 
qonunning, muayyan huquqiy normaning buzilishi to'g'risida bormoqda. Boshqacha 
aytganda, huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo'yilgan taqiqni buzadi. 
Agar bunday taqiq b o ‘lmasa, huquqbuzarlik ham boim aydi. Qonun kengaytirilgan holda 
yoki analogiya bo'yicha talqin etilishi mumkin emas. 
Ayblilik — huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini yuridik javobgarlikni 
zimmasiga olishga qodir bolgan shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki 
ehtiyotsizlik oqibatida sodir etadi 
Ayb — shaxsning o'zi sodir etgan huquqqa xilof harakatiga va uning zararli 
oqibatlariga ruhiy munosabati. Qariyb har doim inson oldida huquqqa mos yoki huquqqa 
zid tarzda harakat qilishni tanlash imkoni b o iad i. Agar u ikkinchi yo'lni tanlasa, huquqqa 
xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi. Balog'at yoshiga yetmaganlar yoki 
aqli noraso deb topilgan shaxslar sodir etgan qilmish (huquqqa zid b o is a ham) 
huquqbuzarlik boim aydi. Baxtsiz hodisa, tasodif natijasida, biron kimsaga aybsiz zarar 
yetkazish hodisasi ham huquqbuzarlik emas. 
Huquqbuzarlikning to'rtinchi belgisi — jazolanish. Bu ma’lum huquqbuzarlik uchun 
uni sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishini 
bildiradi. Bu javobgarlik huquqiy normaning sanksiyasida ifodalanadi. 


Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
418 
Ba’zi hollarda shaxs qonunga binoan javobgarlikdan ozod etilishi ham mumkin. Lekin 
buni ham vakolatli davlat organi amalga oshiradi 
Huquqbuzarliklar qonunchilikning qaysi sohasiga tegishliligiga qarab, bir qancha 
turlarga bolinadi. Huquqbuzarlikning quyidagi turlarini keltirish mumkin: 
- fuqarolik-huquqiy (majburiyatni bajarmaslik, moddiy zarar yetkazish); 
- m a'muriy (mayda bezorilik, yollarda harakatlanish qoidalarini buzish va hk.); 
intizomiy (ishga kelmaslik, kech qolish); 
- jinoiy, ya’ni jinoyatlar (odam o’ldirish , o‘g‘rilik, militsiya xodimiga qarshilik ko‘rsatish 
va boshqalar). Huquqbuzarlikning turiga qarab davlat majburlov choralari ham o‘zgarib 
turadi. Ularning eng ogirlari jinoyat sodir etilganda qollaniladi. Yuridik javobgarlik, ijtimoiy 
javobgarlikning boshqa shakllaridan farqli ravishda, doimo huquq normalariga asoslanadi 
va davlat majburlov normalari bilan bog’liq boladi. Yuridik javobgarlik 
— huquqbuzarning huquq normalariga asoslangan va huquqbuzarlik faktidan kelib 
chiqadigan qilmishi uchun javob berish va davlat majburlov choralari shaklidagi noxush 
oqibatlariga chidash majburiyati hamda shunday oqibatlarga haqiqatan duchor boiishidir. 
Yuridik javobgarlik belgilari quyidagilardan iborat: 
- davlat majburlov choralari bilan uzviy aloqadorlik
- faktik asos — huquqbuzarlik; 
- yuridik asos — yuridik javobgarlikning huquqiy tartibga solinganligi; 
- davlat qoralovi bilan bog'liqlik; 
- huquqbuzar huquqlarmi cheklash bilan bog ‘liq salbiy oqibatlar; 
- huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo qo'llash ; 
huquqiyprinsiplarga asoslanganlik (qonuniylik, individuallashtIrish, tabaqalashganlik va 
boshqalar). Yuridik javobgarlikning asosi huquqbuzarlik, ya’ni huquq normalarini buzuvchi 
muayyan harakat yoki harakatsizlikdir. 
Huquqbuzarlikning har xil turlari turli xil yuridik javobgarlikka olib keladi. Masalan, 
fuqarolik huquqbuzarligi (majburiyatni bajarmaslik) — fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka 
(zararni qoplash, neustoykani to'latishga), m a ’muriy huquqbuzarlik (yo'llarda 
harakatlanish qoidalarini buzganlik) — m a ’muriy javobgarlikka (jarima, transport 
vositasini boshqarish huquqidan m ahrum etishga) olib keladi. Jinoiy huquqbuzarlik, y a’ni 
jinoyat esa jinoiy javobgarlikka olib keladi (unga nisbatan ozodlikdan mahrum etishgacha b 
o ig a n jazo qoMlanishi mumkin). 
Yuridik javobgarlik ikki asosiy shaklda — sud tartibida va m a ’muriy tartibda amalga 
oshiriladi. Jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning sud tartibi huquqbuzarga nisbatan faqat 
vakolatli davlat organi nomi bilan sud tomonidan jazo q o ‘llanilishini bildiradi. Ushbu sud 
tartibi fuqaroviy-huquqiy javobgarlik uchun xos, jinoiy javobgarlik uchun esa majburiydir. 
Yuridik javobgarlikning ikki turi farqlanadi: jarima yoki jazo; huquqni tiklovchi 
javobgarlik. Jarima jazosi m a ’muriy yoki intizomiy xato jinoyatlar uchun qo'llaniladi. 
Javobgarlikning ushbu turiga xos xususiyat shundan iboratki, u faqat protsessual shaklda 


Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
419 
amalga oshiriladi hamda tegishli vakolatlarga ega davlat organlari va mansabdor 
shaxslarning hujjatlari bilan belgilanadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1. Karimov LA. 0 ‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.T .l. Т.: 1996. 
2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. — Т.: 1996. 
3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. — Т.: 1996. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. Т.:«O’zbekiston» 
5. R. B. Hojiyev “HUQUQIY MADANIYAT” TOSHKENT 
6. SAIDOV .A TOJIMATOV .U “HUQUQ NAZARIYASI”T.ADOLAT 2001y.22-bet 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling