Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737
Саидова Холида Хайруллаевна
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Madaniyat-2023-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- Key words
Саидова Холида Хайруллаевна
Магистрант Государственного института искусств и культуры Узбекистана ТРАДИЦИИ МАСТЕР-УЧЕНИК В СЦЕНИЧЕСКОЙ РЕЧИ АННОТАЦИЯ В данной статье рассматриваются преимущества обучения речевым приемам и способам преодоления речевых дефектов в приобретении навыков сценической речи юных студентов-актеров по традиции «мастер-ученик». Ключевые слова: сценическая речь, мастер, дикция, традиция, голос, произношение, звук, слово, упражнение. Saidova Xolida Master student of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture TRADITIONS MASTER-APPRENTICE IN STAGE SPEECH This article discusses the advantages of learning speech techniques and ways to overcome speech defects in the acquisition of stage speaking skills of young student actors through the tradition of “master-apprentice”. Key words: stage speech, master, diction, tradition, voice, pronunciation, sound, word, exercise. Ota-onadan keyingi ulug‘ zot bu ustozdir. Ota-ona senga hayot beradi, ustoz esa hayotni о‘rgatadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Sahna nutqi” kafedrasida kо‘plab о‘z ishining ustalari fidoiy, mohir ustozlar “ustoz-shogird” an’analarini davom ettirib, sahna nutqi №1 | 2023 31 fanidan san’atda sо‘z mohiyati va ta’sirchanlik uslublarini, “nutqiy xarakterlarni aniq belgilash, nutqning ravonligi kabi muhim jarayonlar haqida [4, 5] mukammal saboq berib kelishmoqda. Bu kafedrada ustozlar, katta olim, olimalar, Mannon Uyg‘ur, Nazira Aliyeva, Lola Xо‘jayeva, Abdurahim Sayfiddinov, Sotimxon Inomxо‘jayev, Inoyatillo Pо‘latov (mahrumlar) hamda Roziya Usmonova, Sodiqjon Nosirovlar, ustoz-shogird bо‘lib, о‘zbek milliy sahna nutqi maktabini shakllantirishgan. Bu ustozlar kо‘p yillar davomida “Sahna nutqi" kafedrasida xizmat qilib, sahna nutqi amaliyoti va nazariyoti uchun о‘ta zarur bо‘lgan uslubiy, о‘quv qо‘llanmalar, xrestomatiyalar va darsliklar yaratganlar. Ularning institut oldidagi xizmatlari katta deyishga haqlimiz. Bu ustozlarning davomchisi sifatida bugun “Sahna nutqi” kafedrasining barcha ustozlari sahna nutqi, aktyorlik mahorati fanlarini talabalarga о‘rgatibgina qolmay, I.Pо‘latov, K.Umrzoqov, M.Isroilov, S.Nosirov, G.Xoliqulovalar tomonidan tadqiqod ishlari ham olib borilgan. Ustozlar dars bilan birga insoniy odob-ahloq, turli hayotiy vaziyatlarda о‘zini tuta bilish kabi fazilatlarni talabalarga singdirib kelmoqdalar. Shu narsani aniq aytish mumkinki, “Sahna nutqi” kafedrasidagi ustoz-shogird an’analari, ustozlarning talaba-shogirdlarga berayotgan bilimlari teatr va kino, televidiniye, radio va dublyaj ijodiy jarayonlarida Vatanimiz san’atining rivojiga munosib hissa qо‘shib kelmoqda. Ustoz-shogird an’analari yuzasidan yurtboshimizning ham fikrlari ijobiy, xususan 2017- yilning 3-avgust sanasida О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan bо‘lgan uchrashuvda yurtboshimiz shunday fikrlarni bildirgan edilar: “Komiljon Otaniyozovning nafaqat О‘zbekistonda, balki butun О‘rta Osiyo bо‘yicha qancha-qancha shogirdlari bor ekan. Shu gaplarni eshitganda, shaxsan men, buyuk hofizimizning qо‘shig‘idan ham shogirdi kо‘p ekan, deb о‘ylab qoldim” [1]. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Sahna nutqi” kafedrasida ham ustoz-shogird an’anasini hali hanuz davom ettirib kelayotgan Ramz Qodirovning “Kо‘ngildan о‘tkazganlarim” hamda O.Shobilolovaning “Teshavoy Bayandiyev”, Jо‘ra Maxmudovning “Ergash Masofayev”, X.Djuldikarayevaning “Lola Xо‘jayeva”, Toshpо‘lat Tursunovning “Turg‘un Azizov” kabi kitoblari orqali bilib olish mumkin. Bugun yosh ijodkorlar mana shu adabiyotlar foydalanib ma’naviy dunyolarini kengaytirmoqdalar. Qayerdaki ustoz-shogird an’anasi davom etar ekan, о‘sha sohada yuksalish, intilish, ravnaq kо‘zga kо‘rinadi. Nazarimda bugungi kunda televideniye va radio sohasida mana shu an’anaga biroz putur yetgandek. Abdulla Avloniy aytganidek: “Tilni yо‘qotmak, millatni yо‘qotmakdur”. Sahnalarda sо‘zimizga gard yuqtirmaylik, toki zukko tomoshabin yoki tinglovchi bir aktyor tomonidan notо‘g‘ri talaffuz qilingan sо‘zni shundayligicha eslab qolmasin. Ijrochilik mahoratini qunt qilib о‘rganishda avvalo ijrochi talabaning ruhiy holati, emotsional birligi, fikrlash va tasavvur olamining rang-barangligi, bilimlar salohiyatining yuqori samaradorlikda belgilanishi, qolaversa, tushunish, tushuntira olish, kо‘rish, his qilish, obrazlarni tahlil qila olish, shuningdek, о‘zgalarning ruhiy va jismoniy hayot va xayol tarzini namoyon eta olishdek fazilatlarni о‘zida jamlagan bо‘lishi kerak. Ijrochi bir asar voqeasini о‘rgana turib, uni har tomonlama tahlil qilib chiqadi. Sahna nutqida asosan ishlash jarayonida nutqiy xarakterlarni aniqlash, xarakter va nutqiy xarakter ustida ishlash [4, 5] talab etiladi. Ustozlarining kо‘rsatmalari va yо‘llanmalari bilan о‘zining vujudida о‘zgalarning obrazini gavdalantirishga urinib kо‘radi. Shu urunish jarayonida ustoz va shogird о‘rtasida psixologik, ruhiy, ma’naviy, falsafiy fikrlar tо‘qnashuvi sodir bо‘ladi. Ijrochi talabaning fikrlash va fikrini о‘zining vujudi bilan ifodalay olish, obrazning ichki va tashqi ruhiy olamini tо‘la-tо‘kis о‘zlashtirishida noananaviy muloqot texnikasi ishlab chiqilganki, bu hech qaysi ta’lim texnologiyalariga mos va xos bо‘lmagan о‘ta nozik ammo muhim muloqot jarayondir. Ustoz va talabaning berilgan obrazni о‘rganib chiqishdagi maydalanib qidirilgan asoslar, tahlillar ijrochining obraz yaratishdagi tо‘laqonli fikrini shakllantiradi va kutilgan natijaga erishiladi. Voqealar qatori tahlil qilinib, oliy g‘oya izchilligida qayta yig‘iladi [4, 5]. Xuddi shunday jarayonlar faqat ustoz va shogird о‘rtasidagi sirli tushunish va imosi orqaligina yuzaga keladi. San’at ta’limining har bir jabhasida bu kabi uslublar shakllari mavjud, lekin №1 | 2023 32 yozilmagan va о‘rganilmagan qoidalar san’at ta’limining har birida о‘zining sirligini saqlagan holda milliy an’analar bilan qadrlanib kelinadi. San’at oliygohida bilimli, madaniyatli, ma’naviy barkamol, iste’dodli, davr talabiga javob bera oladigan yetuk kadrlarni kо‘plab tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Serqirra va mahoratli aktyorlarni tayyorlash jarayoni aktyorlik mahorati, sahna nutqi ustozlarining zimmasiga yuksak, shu bilan birga о‘ta mashaqqatli mas’uliyat yuklaydi. Aktyorlik mahoratini oshirishda sahna nutqi professor-о‘qituvchilarining har biri bir maktab, ularning har birining о‘z ijod yо‘li, tarbiya usuli, yoshlar bilan ishlash, ularga san’at sirlarini о‘rgatish uslubi, professional mahorati о‘zgacha. Shunday fidoiy, bu sohada о‘z uslubi, о‘z maktabiga ega bо‘lgan ustoz – pedagoglarning boy ijodiy tajribalari, sahnalashtirilgan diplom spektakllari, “ustoz- shogird” an’analariga sodiq ravishda ne-ne mashaqqatlar bilan uchirma qilgan shogirdlarining va butun umri davomida orttirgan boy tajriba va bilimlarini fanga olib kirish, umumlashtirish ilmiy pedagoglarimiz, olimlarimiz oldida turgan о‘ta mas’uliyatli va sharafli vazifadir. Shogirdlik burchini ado etish, ustozlar bergan bilimi, о‘gitlari, ustoz maktabi tajribalarini umumlashtirish, tahlil qilib, uni rivojlantirish “ustoz-shogird” an’analarining asosiy talablaridan biridir. Sо‘zning qudrati uning jonli va ta’sirchan ekanligi bilan belgilanadi. Shu boisdan ham sо‘zga talab katta bо‘lib, u hamisha о‘z tinglovchilariga yetib borishi uchun, uning ongiga ta’sir etib, kayfiyatini, dunyoqarashida о‘zgarish yasashi uchun notiq-boshlovchiga bо‘lgan talab ham yuqori bо‘ladi. Demak, sо‘z san’ati, til madaniyati, sahnada adabiy tilga e’tibor badiiy ijro bilan shug‘ullanuvchi barcha yosh san’atkorlar boshlovchi suhandonlarga katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki, biz bilgan va bilmagan hikmatli sо‘zlar, obrazli iboralar, maqollar zamonlar osha sayqallanib, mazmunan boyib, teranlashib xalqimizning ma’naviy mulkiga aylanib boraveradi. Allomalarimiz tomonidan yaratilgan va og‘izdan-og‘izga о‘tib kelayotgan о‘gitlar, hikmatli sо‘zlar xalqimiz ruhiyati, ularning ichki kechinmalari, orzu istaklari, falsafiy mushohadalari mahsuliga aylanadi. Endi galdagi vazifa sо‘z ifodasi orqali teatr sahnasi va estrada san’atida, jonli ijroda uni jonlantirish, tinglovchiga, tomoshabinga teran mazmunni anglatib, ta’sir etish, his-hayajonni jumbushga keltiradigan yuksak ijro madaniyatia erishishdan iborat. San’at oliygohidagi “Sahna nutqi” kafedrasi о‘qituvchilari о‘zlarining asosiy vazifalari deb “ustoz-shogird” an’analariga rioya qilgan xolda о‘z shogirdlari diqqatini о‘quv jarayonida ushbu maslalani xal qilishga qaratgan. Bunda sahnadagi nutq aktyor uchun faqat biror fikrni ifodalash vositasi bо‘libgina qolmay, balki qahramonning ichki dunyosini faol ifodalay olish, sо‘zlarni tomoshabin xis-hayajonini jumbushga keltira oladigan darajada ishlata olish kabi sifatlari ahamiyat kasb etadi. Chunki “Spektaklda aniq nutqiy xarakter yaratish – sahna asarining sahnaviy nutqini boyitadi, rang-barang bо‘lishiga olib keladi” [4, 7]. Shuning uchun rol ijro etayotgan aktyordan sо‘zga katta mas’uliyat va nozik did bilan yondoshishni taqozo etadi. San’atimizning ulug‘ darg‘alaridan Abror Hidoyatov, Obid Jalilov, Shukur Burxonov, Olim Xо‘jayev, Sora Eshontо‘rayeva, Abbos Bakirov, Razzoq Hamroyev, Lutfixonim Sarimsoqova, Sa’dixon Tabibullayev, Nabi Rahimov, Xamza Umarovlar sahna tiliga, talaffuziga, sо‘zning aniq, ravon va ta’sirchanligiga katta e’tibor berishgan. О‘zbekiston xalq artistlari Hojiakbar Nurmatov, Abzal Rafiqovlarning jarangdor, turli jilolarga boy, ta’sirchan, sо‘z mazmuni va uning sehri bilan har qanday estetik didi baland tomoshabinlarni ham о‘zining ohangraboligi bilan maftun eta olishini alohida ta’kidlab о‘tirishga hojat bо‘lmasa kerak. Shuning uchun ham bu san’atkorlar о‘z kasbining mohir ustasi darajasiga kо‘tarila olgan. Ularning nutq maxoratlarining sirlarini tahlil etib о‘zlashtirish, ijobiy fazilatlarini yosh talaba aktyorlarga о‘rgatish о‘ta muhim va zaruriy о‘quv jarayonidir. Qaysiki hozirgi yosh talaba aktyorlarimizga ushbu san’at darg‘alari qoldirgan boy xayotiy va ijodiy me’roslarini о‘rganish, ustozlar zimmasiga esa ushbu boy me’roslarni asrab, ularni rivojlantirish, mashaqqatli mehnat qilishlarini taqozo etadi. Ushbu yuksak maqsadlar sari borish yо‘lida barcha ustozlar va yosh talaba aktyorlar san’at chо‘qqilarini zabt etishlariga ishonamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling