Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FIZIKA 2022-yil, 3-son
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2022-3 сонAniq fanlar 3-son (2) (1)
ILMIY AXBOROTNOMA FIZIKA 2022-yil, 3-son
141 to‘planadi. Shuning uchun bunda yarim yemirilish davri katta bo‘lgan radionuklidlarning to‘planishi ahamiyatga ega. O‘simliklarning radionuklidlarni tomirlari orqali to‘plashida tuproqning kimyoviy va radionuklid tarkibi, ularning tuproqdagi miqdori, turi muhim ahamiyatga ega. Tabiat namunalarining, jumladan o‘simliklarning radioaktiv ifloslanishi, radionuklidlarning kishilar organizmiga o‘tish xavfini tug‘diradi. Chunki radionuklidlar kishilar organizmiga tuproq-suv-havo-o‘simlik-ovqat mahsulotlari- kishilar biologik zanjiri orqali o‘tadi. Juda ko‘p sondagi oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanishi asosida o‘simliklar turadi. O‘simliklar radioaktivligi radionuklidlarning atrof-muhitdagi miqdoriga, o‘simlikning rivojlanish fazalariga, biologik xususiyatlariga, yil fasliga bog‘liq ravishda turli o‘simliklarda turlicha darajada o‘zgarib turadi. O‘simliklarga radionuklidlarning tuproqdan tomir orqali so‘rilishi tuproqning element tarkibiga ham bog‘liq. Bir qator olimlarning izlanishlari ko‘rsatadiki, tuproqda kalsiy va magniyning harakatdagi formasi qancha ko‘p bo‘lsa, radiy tuproqdan o‘simlikka shuncha kam so‘riladi. Tuproqda xloridlar bo‘lishi o‘simliklarda kaliyning to‘planishini kamaytiradi. Tuproq namligining yuqori bo‘lishi, tuproqda bor va marganetsning bo‘lishi o‘simliklarda kaliy to‘planishini kuchaytiradi. O‘simliklarda radionuklidlarning to‘planishiga o‘simlikning yoshi ham ta’sir qiladi. Masalan, 3-4 yillik o‘simliklarda uran to‘planishi bir yillik o‘simlikka nisbatan o‘rtacha 7 marta ortiq. Kaliydan farqli ravishda uran, toriy, radiy o‘simlikning qari organlarida va tomirida katta miqdorda aniqlanadi. Bu radionuklidlar o‘simliklarga sekin harakatlanadigan birikmalar shaklida so‘riladi. O‘simlikning har bir rivojlanish davridagi fiziologik jarayonlarga o‘ziga xos ozuqalar talab qilinadi. Bundan o‘simliklar rivojlanishining turli davrlarida aktivligining ham turlicha bo‘lishi ko‘rinadi. Tuproqda mikroelementlar, radionuklidlar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, o‘simliklarda ham ko‘proq miqdorda to‘planishi aniqlangan. Radionuklidlar va mikroelementlarning o‘simliklarda to‘planishiga ta’sir etadigan boshqa faktorlar ikkinchi o‘rinda bo‘ladi. O‘simliklarning radionuklid tarkibini tadqiq qilish natijalari radioaktiv izotoplarning tinchlik va harbiy maqsadlarda ishlatilishidan hosil bo‘lib, atrof-muhitni ifloslantiradigan, yarim yemirilish davri nisbatan katta (T 1/2 =30 yil) bo‘lgan 137 Cs, 90 Sr texnogen radionuklidlar kichik miqdorda bo‘lsa-da aniqlanishini ko‘rsatdi. Shuningdek, o‘simlik va tuproq namunalarida kosmogen radioaktiv izotop 7 Be ni ham kuzatish mumkin. Radionuklidlarning o‘simliklarda to‘planishi bir qator mamlakatlarda o‘rganilgan, jumladan, Sibir o‘simliklarida o‘tkazilgan tajribalardan quyidagi natijalar olingan: radiyning miqdori 1÷10 pKi/kg, uran miqdori 3,3 pKi/kg, kaliy miqdori turlicha bo‘lib, 0,7÷8,4 nKi/kg oraliqda aniqlangan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, fizik olim T.M.Mo‘minov va shogirdlari tomonidan qator yillar davomida Respublikaning turli hududlari atrof-muhit namunalarida (tuproq, turli o‘simliklar, suvlar va boshqalar) gamma-spektrometriya usullari yordamida tabiiy 226 Ra, 232 Th, 40 K, kosmogen 7 Be va texnogen 137 Cs radionuklidlarning solishtirma aktivliklari aniqlanmoqda va yetarlicha chuqur tahlil qilinib, xulosalar chiqarilmoqda. Masalan, radionuklidlarning tuproqlarda aniqlangan solishtirma aktivliklari – 232 Th uchun A=32÷50 Bk/kg, 226 Ra uchun A=26÷44 Bk/kg, 40 K uchun A=580÷690 Bk/kg oraliqda o‘zgaradi. O‘simliklarda, ularning turicha va o‘sgan joyiga bog‘liq ravishda radionuklidlarning solishtirma aktivligi quyidagi kattaliklarga aniqlanadi – 226 Ra uchun 34÷44 Bk/kg, 40 K uchun 650÷1100 Bk/kg, 232 Th uchun 20÷37 Bk/kg oraliqda o‘zgaradi [3]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling