Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FIZIKA 2022-yil, 3-son


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana11.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1188521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2022-3 сонAniq fanlar 3-son (2) (1)

ILMIY AXBOROTNOMA FIZIKA 2022-yil, 3-son 
140 
Dukkakli – don ekinlarning agrotexnik ahamiyatiga ega, tuproqda biologik azot va organic 
moddalar to‘planadi. O‘rtacha bir mavsumda tuproqda 50-100 kg biologik azot to‘planadi. Ayrim 
ekinlarda boshqacha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘k no‘xat bir mavsumda 150, soya 250 kg gacha 
azot to‘plashi mumkin. Biologik azot ko‘p to‘plaganda ekinning hosildorligi yuqori bo‘ladi. 
Yer yuzida dukkakli don ekinlar keng tarqalgan. Eng ko‘p ekiladiganlari soya, Yasmik, loviya, 
no‘xat, ko‘k no‘xatdir. 
Nazariy ma’lumot. Donli ekinlarning sistematikasi va morfologiyasi: sistematika – donli 
ekinlarning barcha turlari boshoqdoshlar “Poaceae” oilasiga mansub bo‘lib, mazkur oila quyidagi 
donli ekin avlodlarini o‘zida mujassamlashtiradi (1-jadval): 
1-jadval 
Bug‘doy – Triticum
Makkajo‘xori – Zeamays 
Arpa – Hardeum 
Jo‘xori – Sorghum 
Javdar – Secale 
Sholi – Oryza 
Suli – Avena 
Tariq – Panicum 
Morfologiyasi – donli ekinlar popuksimon ildiz tizimiga ega bo‘ladi. Uning asosiy qismi 15-
25 sm chuqurlikda tarqaladi, ammo ayrim qismlari tuproqqa chuqurroq kirishi ham mumkin. Masalan, 
kuzgi javdarning ildizlari 2 m chuqurlikkacha, kuzgi bug‘doyniki 2,8 m, arpaniki esa 2,6 m gacha 
tuproqqa kirib borishi mumkin. Kuzgi bug‘doyda bitta o‘simlik ildizlarining umumiy uzunligi 
80 m gacha yetadi ildizlarning kuchli o‘sishi ayniqsa qurg‘oqchilik vaqtida kuzatiladi. Donli 
ekinlarning ko‘pgina turlarining ildizlari baquvvatligi hamda tuproqdan namlik va ozuqaviy 
moddalarni yuqori darajada o‘zlashtira olishi bilan farqlanadi. Kuzgi ekinlar ichida kuzgi javdarning 
ildiz tizimi kuzgi bug‘doynikiga nisbatan ancha kuchli rivojlanadi. Bahorgi sulining ildiz tizimi 
bahorgi arpaga nisbatan kuchli rivojlanadi. 
Poyasi 5-7 bo‘g‘indan iborat bo‘ladi. Barg qini poya bo‘g‘inidan chiqadi va poyaga yopishib 
turadi. Barg qini ichida, bevosita poyada ligula (barg tilchasi) joylashadi. Gullari – boshoqda 
(bug‘doy, arpa, javdar), ro‘vakda (suli, jo‘xori, sholi, tariq, makkajo‘xori), so‘tada (makkajo‘xorining 
olanik gulto‘plami) to‘planadi. Suli, tariq, jo‘xori, sholi to‘pgulli ro‘vak hisoblanadi. Boshoqchalar 
yon shoxchalarida bittadan joylashadi. Boshoqlar o‘zidagi bo‘g‘imlar soni turlichadir, shuning uchun 
boshoq uzunligi ham turli genotiplarda turlicha [1,2]. 
O‘simliklar radioaktivligi – o‘simliklar radionuklarning insonlar va hayvon organizmiga 
o‘tishida asosiy manbalardan biri hisoblanadi. O‘simliklar ko‘p sondagi oziq-ovqat zanjirining 
boshlang‘ich zveno vazifasini bajaradi. Shuning uchun o‘simliklar o‘zida har xil ozuqa moddalarni 
to‘plash xususiyatiga ega, to‘plash jarayonida tuproqda, suvda va havoda tarqalgan radionuklidlarni 
ham to‘playdi. O‘simliklarda radionuklidlar aerozollar, eritmalar, gazlar holatida to‘planadi. Yer usti 
o‘simliklarining radioaktivligi ikki tashkil etuvchilar: aerozollar va tomirlar orqali shakllanadi. 
Birinchi tashkil etuvchi o‘simliklarning yer ustki radioaktivligini belgilaydi. Havoning yerga 
yaqin qatlamida kosmogen radionuklidlar (
14
C, 
3
H, 
7
Be) hamda radon, toronning yemirilishidan hosil 
bo‘ladigan radionuklidlar mavjud. Havoda bo‘lgan radionuklidlar o‘simliklar barglariga, tanasining 
ustki qismlariga o‘tirib qoladi va singadi. O‘simlikning yer ustki qismining radioaktivligi o‘simlikning 
tuzilishi shakliga, barglarining o‘lchamiga, barglarning tukli yoki silliq bo‘lishiga bog‘liq. Barglar 
hajmi qancha katta, tukli bo‘lsa havoda bo‘lgan radionuklidlar barglarda shunchalik ko‘proq ushlanib 
qoladi. Ikkinchi tashkil etuvchida o‘simliklar, daraxtlar, butalar tuproqlardan tomirlari orqali suvdagi 
eriydigan radionuklidlarni eritmasi holida to‘playdi. Uran, radiy, kaliy radionuklidlari ham shunday 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling