Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FIZIKA 2022-yil, 3-son


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana11.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1188521
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2022-3 сонAniq fanlar 3-son (2) (1)

ILMIY AXBOROTNOMA FIZIKA 2022-yil, 3-son 
142 
O‘lchash uslubining nazariyasi va qurilmasining tavfsifi. Atrof-muhit obyektlari 
radionuklidlarning tabiiy miqdori, turi va maqsadiga qarab turli γ, α va β-spektrometriya usullari bilan 
aniqlanadi. 
Odatda, atrof-muhit obyektlarida mavjud radionukklidlarning solishtirma aktivligi past va 
ulardagi taqsimot bir xil emas. Bundan tashqari, uran-toriy qatorida radioaktiv muvozanat o‘lchashga 
tayyorlangan namunadan 
222
Rn (inert gaz) radionuklidining uchib ketishi sababli buziladi. Bu jihat 
tadqiqotlar olib borilayotganda hisobga olinishi lozim. 
O‘simliklarni tadqiqot etishda o‘lchash namunalarini tayyorlash quyidagicha amalga oshiriladi: 
- tekshiruvchi namuna ishonchliligini ta’minlash maqsadida bir nechta maydonchalardan 
olinadi. Boshqa qo‘shimcha jinslardan tozalanadi, sirtga yoyiladi “kvartlanish” usuli bilan tekshiruvchi 
namuna o‘lchash uchun yetarli qismi ajratiladi
- ajratilgan namuna zarur o‘lchamlargacha maydalanadi, so‘ngra Marinelli (hajmi 1 litr) idishga 
belgilangan miqdor ko‘rsatgichigacha to‘ldiriladi; 
- idish qadoqlanadi, og‘irligi o‘lchanadi va belgilanadi (namuna nomi, namuna olingan 
maydoncha joyi, massasi, olingan va qadoqlangan vaqti) [4].
O‘lchanadigan namunalar Samarqand viloyati Nurobod tumani Musokok qishlog‘idan olingan 
bo‘lib, 2021-yilda Nurobod tumanining lalmi yerlarida yetishtirgan bir qator boshoqli don 
mahsulotlari (bug‘doy, loviya, no‘xat, tariq, makkajo‘xori, mosh, arpa) hisoblanadi. Olingan 
namunalar tozalanib, saralab quritildi va hajmi 1 dm
3
bo‘lgan Marinelli idishga o‘lchash uchun 
joylashtirildi. Namunalarning massasi m = 600-900 g/l ni tashkil qiladi. 
Tabiiy radionuklidlarning o‘simlik (don mahsulotlari) o‘sadigan tuproqlarda taqsimoti bilish 
(o‘rganish) uchun don mahsuloti olingan joylardan tuproq namunalari ham olindi. Tuproq namunalari 
yer sirtidan 0-5 sm va 5-10 sm chuqurlikdan olingan bo‘lib, tozalanib, maydalanib, qurutilib, elakdan 
o‘tkazilib, hajmi 1 dm
3
Marinelli idishiga joylashtirildi. Tuproq namunasining massasi m = 0,8-
1,4 kg/l ni tashkil qiladi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling