Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
61 
ilmsizlik, mutaassiblik chuqurlashgan davrda ijtimoiy adolatsilik ko‘chaygan. 
Ma’naviy ehtiyojlar olamni bilish, o‘zlikni anglash, dunyoqarash, bilim, san’at, g‘oya, 
mafkura, ma’naviy kamolot yo‘lidagi intilishlarni qamrab oladi. Insonning asl mohiyati 
moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishda namoyon bo‘ladi. Inson aqlli mavjudot 
sifatida moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini 
bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg‘unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o‘z maqsadlariga 
mos ravishda o‘zlashtirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy 
ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Demak, hozirgi zamon 
falsafasida jamiyat taraqqiyotining mezoni bo‘lgan shaxs erkinligi darajasining o‘sib borishi 
jamiyat rivojining muhim ko‘rsatkichi deb baholanmoqda. Jamiyatdagi har qanday 
o‘zgarishlar inson ehtiyoji doirasining kengayib borishi bilan bog‘liq. Jadidchilar esa
o‘zlarining har bir harakatini g‘oyasi, qolaversa harakatlar dasturini ana shu tamoyillarga 
asoslangan holda ishlab chiqdi. 
Behbudiy Abu Nasr Forobiy va Beruniy ilgari surgan inson qiyofasi tabiat ta’sirining 
natijasi degan g‘oya tarafdori bo‘ldilar. Inson o‘zining ichki qiyofasini faqat mashaqqatli 
mehnat va sa’iy harakat natijasida o‘zgartirishi mumkin. Har bir inson o‘z xulq-atvorining 
egasidir. Jamiyat tadrijiy o‘zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun 
g‘amho‘rlik, zulmni yo‘q qilish, jamiyat va davlatni aql-idrok va adolat bilan boshqarish 
Behbudiyning asosiy ideali bo‘lgan. 
Demak, Behbudiy falsafasining muhim xususiyati uning siyosiy ta’minlanganligidandir. 
Zero, siyosiy ta’minlanganlik madaniy taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, Jadidlarning falsafiy qarashlarini o‘rganish shundan darak 
beradiki, bilim, inson ongi va tafakkuri bilan bog‘liq muammolar jadidlarning diqqat 
markazida turgan, ularning ko‘pchiligi sharqona tafakkur tarzi borasida qimmatli fikrlar 
bayon qilgan. O‘sha davrda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni o‘rganish, milliy 
falsafa va xalq dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu borada 
Maxmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Fitrat kabi 
ma’rifatparvarlarning dunyoqarashi muhim axamiyatga ega bo‘ldi. Chunki ularning 
asardarida badiiylikdan ko‘ra g‘oyaviylik ustunlik qilar edi. G‘oyaviylik esa albatta falsafiy 
dunyoqarashning mahsuli bo‘ladi. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling