Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
63 
kamaytirish belgilandi.[2] Mingyillik rivojlanish maqsadlarining dastlabki yetti maqsadi bir-
birini o‘zaro to‘ldiradi hamda kambag‘allikning barcha ko‘rinishlarini kamaytirishga 
qaratilgan. Mazkur muammolarga ochlik, tirikchilik uchun mablag‘ning yetishmasligi, ta’lim 
va sog‘liqni saqlash darajasining pastligi, erkak va ayollarning tengsizligi hamda atrof-muhit 
ahvolining yomonlashishi kiradi. Ushbu har bir maqsad o‘zicha muhim bo‘lishiga 
qaramasdan ular jamlanma holda kambag‘allik muammosini hal etishga kompleks 
yondashuvni nazarda tutadi. [3]
O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurash masalasini Prezident Sh.M.Mirziyoyev 
2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida strategik vazifa sifatida 
kun tartibiga qo‘ydi. Shu vaqtgacha mamlakatimizda kambag‘allik muammosi yopiq mavzu 
bo‘lib, kambag‘allikning mavjudligi siyosiy sabablarga ko‘ra rasmiy darajada deyarli tan 
olinmagan. Natijada yillar o‘tsa-da, kambag‘allik muammosi yo‘qolmadi.
Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi 
bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular 
taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 
4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda” [4]. 
Qashshoqlik muammosi dunyo mamlakatlari uchun dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolardan biri sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqiyot dasturi, Statistika 
bo‘limi, Jahon Banki tomonidan 90 yillarda qashshoqlik liniyasi (xarid qobiliyati pariteti 
(PPP) ishlab chiqildi. Xarid qobiliyati pariteti (PPP) Jahon Banki tomonidan doimiy qayta 
ko‘rib chiqiladi. Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari deklaratsiyasida dunyo mamlakatlariga 
o‘ta qashshoqlikda yashayotgan odamlar sonini ikki baravar kamaytirildi.[1,2,7] 
XX asr boshlarida birinchi bo‘lib Buyuk Britaniyalik Charlz But va Benjamin 
Seebom Rovntreelar oilaning eng asosiy oziq-ovqat talablarini qondirish uchun zarur bo‘lgan 
tovar va xizmatlardan tashkil topgan iste’mol savatini ishlab chiqdi. [6, 8] 
Nisbiy kambag‘allik kontseptsiyasi asoschisi britaniyalik sotsiolog Piter Taunsend 
qat’iy qashshoqlik chegarasini emas, balki jamiyatdagi resurslarning taqsimlanishini 
aniqlashga intiladi. Taunsend taklif nazariya yashash xarajatlariga emas, balki asosiy turmush 
darajasi bilan bog‘liq edi. Taunsendning o‘tkazilgan tadqiqotlarida nafaqat sarf-xarajatlar, 
balki turmush tarzi talablari, shu jumladan odamlarning oilaviy hayoti va ijtimoiy faoliyatini 
tadqiq qilingan.[9,10] 
Qashshoqlik muammosi ijtimoiy hodisa sifatida murakkab ko‘p o‘lchovli muammo, 
uni yengish, tizimli, yaxlit va har tomonlama qadamlarni talab qiladi. Qashshoqlikni 
qisqartirish yoki uning oldini olish davlat siyosatining muhim maqsadlaridan biridir. 
Qashshoqlikka qarshi kurashish uchun, avvalambor, uni aniqlash va o‘lchash usullarini qabul 
qilgan bo‘lishimiz kerak. 
Qashshoqlikni o‘rganish uchun dastlabki urinishlar minimal iste’mol xarajatlari 
mezonlarini hisobga olgan holda Charlz But va S.Rovntre tomonidan XIX asr oxiri va XX 
asrning boshlarida amalga oshirilgan. XX asr boshlarida birinchi bo‘lib Charlz But Londonda 
qashshoqlik bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qashshoqlik chegarasi g‘oyasini ommalashtirdi. 
Charlz But qashshoqlik chegarasini haftasiga 10 shillingdan 20 shillingga o‘rnatdi, bu to‘rt 
yoki besh kishilik oila yashash uchun zarur bo‘lgan minimal miqdor edi.[5] Ingliz sotsiologi 
Benjamin Seebom Rovntre 1901-yilda oila uchun eng asosiy oziq-ovqat talablarini qondirish 
uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlardan tashkil topgan iste’mol savati yordamida 
qashshoqlik chegarasini ishlab chiqdi. O‘sha davrning etakchi dietolog va tibbiyot
mutaxassislarining ma’lumotlariga asoslanib minimal iste’mol savati (kaloriya) uchun eng 
arzon narxni hisoblab chiqdi va York aholisining 27,84 foizi bu qashshoqlik chegarasidan 
pastda yashaydi degan xulosaga keladi.[6]
S.Rovntre qashshoqlikni “birlamchi va ikkilamchi” turlarga ajratadi. Birlamchi 
qashshoqlik holatini uy xo‘jaligining jismoniy samaradorlik uchun zarur deb hisoblagan 
tovarlarning haftalik savatini sotib ololmasligi, “ikkilamchi qashshoqlik” holati esa uy 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling