Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
66 
imkon beradimi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqadilar. Nisbatan kambag‘allik ko‘lami mutlaq 
kambag‘allik o‘lchoviga to‘g‘ri kelmaydi. Mutlaq kambag‘allikni yo‘q qilish mumkin, ammo 
tengsizlik tabaqalashtirilgan jamiyatlarning ajralmas atributi bo‘lgani sababli nisbiy 
kambag‘allik doimo saqlanib qoladi.
Subʼektiv kambag‘allik – bu kambag‘allikning faqat shaxsning o‘zi belgilashi 
mumkinligiga asoslangan kambag‘allik tushunchasi hisoblanadi. Subʼektiv kambag‘allik 
darajasini aniqlashda ko‘plab yondashuvlar mavjud: qancha odam o‘zini kambag‘al deb 
bilishini yoki do‘stlarini kambag‘al deb bilishini bilib olish mumkin. Jamoatchilik fikri 
asosida subʼektiv kambag‘allik chegarasini aniqlab, so‘ngra aholi daromadlarini u bilan 
taqqoslash mumkin. Kambag‘allikning subʼektiv kontseptsiyasi ijtimoiy maqbul turmush 
darajasi uchun zarur bo‘lgan resurslarni subʼektiv taʼriflashga asoslangan.
Mutlaq qashshoqlik o‘lchovlari daromadni oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana kabi 
asosiy shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan miqdor bilan, nisbiy qashshoqlik 
esa insonning yashash darajasining minimal darajasiga, xuddi shu vaqt va makondagi boshqa 
odamlar bilan solishtirish orqali o‘lchanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-
kitoblariga ko‘ra, mutlaq qashshoqlikda yashovchi dunyo aholisining ulushi 1800-yildagi 
80% dan 2015-yilga kelib 10% gacha kamaydi.
Ochlikdan azob chekayotgan odamlar salmog‘i sezilarli kamaymoqda, biroq 
qashshoqlikning kamayish sur’atlari hali yetarli darajada emas. O‘tgan asr 90-yillari boshidan 
buyon to‘yib ovqat yemaslik va ochlikdan azob chekayotgan aholining ulushi jahon bo‘yicha 
kamaygan bo‘lishiga qaramasdan, BMT va Jahon banki ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda to‘yib 
ovqat yemayotgan aholi soni jahonda 700 million kishini tashkil etadi. Mingyillik rivojlanish 
maqsadlari orqali haddan tashqari qashshoqlikni kamaytirish borasida sezilarli yutuqlarga 
erishildi. Mingyillik rivojlanish maqsadlari o‘ta qashshoqlik darajasini ikki baravarga 
qisqartirish maqsadi 2010-yilgacha bajarildi va 700 million odam o‘ta qashshoqlikdan 
chiqaridi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda Barqaror rivojlanish 
maqsadlari qabul qilindi va 17 ta yangi maqsadni belgilab berdi. 2030-yilga mo‘ljallangan 
Barqaror rivojlanish maqsadlarining birinchi maqsad “Qashshoqlikni har qanday shaklda 
hamma joyda tugatish” [3.11]. Shunday qilib, Mingyillikdan keyingi rivojlanish kun 
tartibining asosiy maqsadi 2030-yilga qadar o‘ta qashshoqlikni yo‘q qilish ekanligi beldilandi.
Mamlakatimizda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan 
kambag‘allikni 
qisqartirish, 
iqtisodiyotning 
barcha 
tarmoq 
va 
sohalarining 
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 26-
martdagi “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4653-son 
qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
vazirligi tashkil etildi. Vazirlikka Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot 
dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga kambag‘allikni kamaytirish dasturini
ishlab chiqish, xalqaro me’yorlar asosida chuqur o‘rganishlar o‘tkazib, kambag‘allik 
tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan yangi 
metodologiyani yaratish vazifasi yuklatildi.
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlarini hisoblash uchun Jahon banki ko‘magida 
2020-yilda respublikaning barcha hududlaridan tanlab olingan 5400 ta uy xo‘jaliklarida 
so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada ishtirok etgan oilalar orasidan eng kam xarajat 
(daromad)ga ega bo‘lgan 30 foiz uy xo‘jaliklari ajratib olindi. 
So‘rovnoma natijasida olingan ma’lumotlar asosida mazkur oilalarda jon boshiga 
kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kilokaloriya) va zarur bo‘lgan nooziq-ovqat 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling