Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
69 
vijdon erkinligi, iroda erkinligi, fikr erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va h.k.. 
Erkinlik – inson istagi, jamiyat uchun ahamiyatli ishni boshqa kishilar ham qila olishini 
taqozo etishdir, talab qilishdir. Erkinlik – insonni siyosiy, maʼnaviy zoʻriqishdan, 
zoʻravonlikdan himoya qilishidir [2]. Bundan shuni anglash mumkinki, soʻz erkinligi ushbu 
ikki element bilan chambarchash bogʻliq boʻlib shakllanib boradi. 
Soʻz erkinligiga keng yoʻl ochilib berilishi yoki uni cheklashlar qadimgi davrlardan 
boshlangan. Masalan, qadimgi Yunoniston, Rimdagi halq yigʻinlarida notiqlarning 
chiqishlari, ularni muhokama qilinayotgan masalalarni qanday hal qilish yuzasidan 
oʻzlarining shaxsiy tavsiyalarini bayon qilishlari va yigʻin ahlini oʻzlarining haq ekanliklariga 
ishontirishga xarakat qilganlar. Rimdagi Xalq tribunalarining faoliyatlari fikrimizga dalil 
boʻlishi mumkin. Bundan tashqari soʻz erkinligi tarihini Suqrotning eramizdan avvalgi 399- 
yildagi oʻzini himoya qilish nutqidan yoki 1215-yildagi Magna Karta (Buyuk erkinliklar 
xartiyasi) bilan boshlash mumkin. Yoki biz VIII-IX asrlardagi plyuralizm va bagʻrikenglik 
rivojlangan musulmon madaniyatiga murojaat qilishimiz mumkin. Ammo qadimgi 
madaniyatlarni hozirgi inson huquqlari tushunchasi nuqtai nazaridan izohlashga urinish 
muvaffaqiyatli boʻlmagan boʻlardi. Soʻz erkinligi tamoyili zamonaviy tarixiy sharoitda, 
cherkov islohoti va unga hamroh boʻlgan diniy va siyosiy tortishuvlardan keyin koʻproq mos 
keladi. Soʻz erkinligi boʻyicha birinchi chinakam nufuzli asar 1644- yilda yozilgan Jon 
Miltonning “Areopagitika” asari edi. Areopagitika Britaniya parlamentining turli sabablarga 
koʻra nomaqbul deb topilgan nashrlarni taqiqlash urinishlariga javoban yaratilgan edi. Milton 
soʻz erkinligini qoʻllab-quvvatlash uchun bir qator dalillarni keltiradi. Xususan, uning 
yozishicha: “ biz haqiqatni faqat mavjud boʻlgan barcha nuqtai nazarlarni taqqoslash orqali 
bilib olishimiz mumkin va dunyoda hamma uchun haqiqatni bir oʻzi aniqlash uchun 
yetarlicha dono odam yoʻq. Turli xil fikrlar uning asosiy maqsadi - haqiqatni izlashga 
muvofiq ravishda ongni rivojlantirishning hal qiluvchi omilidir. Shuning uchun Milton 
"yaxshi kitobni yoʻq qiladigan kishi aqlni oʻzi oʻldiradi ” [3] deb yozadi. Ushbu dalil, bizning 
doimiy haqiqatni izlash sharoitmizda soʻz erkinligiga instrumental ahamiyat kasb etadi. 
Soʻz erkinligi sohasida tadqiqot olib boruvchi kishigina olimlarning fikriga koʻra 
eramizning oʻrta asrlarida Yevropada boshlangan deb hisoblaydilar. Lekin biz ushbu 
masalaga kengroq yondashadigan boʻlsak Sharq ulamolari va davlat arboblari asarlarida yoki 
turli tarixiy manbalarda qayd etilganini koʻrishimiz mumkin. Xususan, Zardushtiylik dinining 
asosiy manbasi hisoblangan “Avesto” kitobida iymon uch tayanchga asoslanishi taʼkidlab 
oʻtilgan. Shulardan, eng birinchisi fikrlar sofligidir. Ushbu tayanchga asoslanadigan boʻlsak, 
fikr toʻgʻri boʻlsagina u istalgan tarzda va usulda ifodalanishi mumkin. Bundan tashqari 
Amir Temur zamonida ham soʻz erkinligi masalasiga katta eʼtibor berilib, qarorlar qabul 
qilishda oʻta muhim rol uynagan. Sohibqiron A.Temur yozishlaricha: “mening tajribamdan 
oʻtmishkim, garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir narsasi ortida yashirin boʻlsa ham, aqli 
raso va xushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.... har ishni 
kengashgan holda qildim. Har vaqt kengashchilar yigʻilib, majlis ochilar ekan, yaxshi-
yomondan, foyda-ziyondan, oldimizdagi ishlarni qilish-qilmaslikdan soʻz ochib, ulardan fikr 
soʻrar edim”.[4] Shuni alohida taʼkidlash kerakki, oʻsha davrda soʻz erkinligi, yaʼni har bir 
kengash qatnashchisi oʻz fikrini muhokama etilayotgan masalalarga qay tarzda tushunishidan 
kelib chiqqan holda erkin ifoda etishlari kerak boʻlgan.
Soʻz erkinligi jamiyatda ijtimoiy faoliyat turi sifatida paydo boʻladi va mavjud boʻladi. 
Jamiyatdan tashqarida soʻz erkinligi va shaxsning oʻzi ijtimoiy mavjudot sifatida mavjud 
emas. Soʻz erkinligi individual subyektning ijtimoiy faoliyati sifatida boshqa subyektning 
ijtimoiy faoliyati bilan oʻzaro aloqaga kirishadi va unga javob boʻladigan ijtimoiy harakatni 
keltirib chiqaradi. Soʻz erkinligi subyektlarning ijtimoiy faoliyati sifatida ularning huquqlari 
va majburiyatlariga ega boʻlishlarini talab qiladi. Ushbu jarayon dinamik xarakterga ega 
boʻlib, ijtimoiy-madaniy tartibga solishni talab qiladi. 
Oʻzini oʻzi himoya qiladigan va oʻzini oʻzi rivojlantiradigan obyekt boʻlgan jamiyat 
rivojlanishning kafolati boʻlgan soʻz erkinligiga erishish va uni saqlashdan manfaatdordir. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling