Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʼzlar
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
68 UDK: 316 IJTIMOIY TARAQQIYOTDA SOʻZ ERKINLIGINING OʻRNI X.A.Oripov Samarqand davlat universiteti Аnnotatsiya. Ushbu maqolada soʼz erkinligi tushunchasining jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotidagi oʼrni, soʼz erkinligi insonning mustaqil ravishda fikrlash qobiliyati bilan oʼz fikrini ichki yoki tashqi omillar natijasida majburlab emas, balki oʼz gʼoyalari va istaklariga muvofiq ravishda ochiq ifoda etish qobiliyati ekanligi kabi masalalar yoritilib berilgan. Kalit soʼzlar: soʼz, soʼz erkinligi, erkinlik, jamiyat, taraqqiyot, demokratiya, faoliyat, fikr, islohot, shaxs. Роль свободы слова в социальном развитии общества Аннотация. В данной статье обсуждается роль концепции свободы слова в социальном развитии общества, способность человека мыслить независимо от внутренних или внешних факторов, в соответствии со своими идеями и желаниями. Ключевые слова: слова, свобода слова, свобода, общество, развитие, демократия, деятельность, мысль, реформа, личность. The role of freedom of speech in the social development of society Abstract.This article discusses the role of the concept of freedom of speech in the social development of society, a person's ability to think independently of internal or external factors, in accordance with their ideas and desires. Keywords: word, freedom of speech, freedom, society, development, democracy, activity, thought, reform, personality. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan soʻng yurtimizda barcha ijtimoiy jarayonlarning demokrtatik tus olisishiga zamin yaratildi. Xususan, ijtimoiy adolatning qaror topishi, davlat boshqaruvining liberallashuvi, inson manfaatlarining hamma narsadan ustunligini taʼminlash kabi masalalar amalga oshirilayotgan islohotlarda asosiy oʻrinni egallamoqda. Albatta, demokratik jamiyatning rivojlanishida har bir fuqaroning fikr- mulohazasini eʼtiborga olish lozim boʻladi. Ayni shu maqsadga erishish uchun har bir insonga oʻz fikrini erkin ifoda etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini talab qiladi. Xususan, ushbu masalalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Biz erishgan natijalarimiz bilan kifoyalanib qolmasdan, bundan buyon ham fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlanirish, Oʻzbekistonda soʻz erkinligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni qatʼiy maqsad qilganmiz”[1]ligini eʼtirof etib, BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46- sessiyasida xam bu masalaga alohida toʻxtalib oʻtganlar. Erkin fikrlash va uni ifoda etish nafaqat inson ichidagi oʻyni namoyon qilishga, shu bilan birga jamiyatdagi turli fikrlar oʻrtasidagi raqobatni vujudga kelishiga ham sabab boʻladi. Sogʻlom fikr qanchalik koʻp boʻlsa, jamiyat shunchalik ham maʼnaviy, ham moddiy jihatdan rivojlanib boradi. Soʻz erkinligi jamiyatning ilk rivojlanish bosqichlaridan to hozirga qadar amalda oʻz ifodasini topib kelgan. Avvalo soʻz erkinligi tushunchasini toʻliq anglab olish uchun soʻz va erkinlik tushunchalariga toʻxtalib oʻtish lozim boʻladi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida “soʻz” – tovush yoki tovushlardan iborat, biror bir maʼno bildiruvchi nutq birligi, gap boʻlagi yoki biror maʼno turiga, uslubiga oid shunday birlik (tilda, nutqda ifoda vositasi sifatida) deb izohlanadi. Demak “soʻz” faqat maʼno bildiruvchi nutq birligi boʻlmasdan, shu bilan birga tilda va nutqda ifoda vositasi boʻlib hisoblanadi. Erkinlik esa, etika, estetika, huquqshunoslik, siyosatshunoslik kabi ijtimoiy gumanitar bilim sohalarida keng ishlatiladigan falsafiy tushuncha hisoblanib, uning lugʻaviy maʼnosi kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishidir. Erkinlikni jamiyatning turli sohalari bilan bogʻlab aniq tushunchalar hosil etiladi. Masalan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling