Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали


Keywords: bank, business project, bank loans, syndicated loans, green loans, syndicate,  consortium


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/229
Sana01.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1737404
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   229
Bog'liq
Maqolalar 2023 3 soni

Keywords: bank, business project, bank loans, syndicated loans, green loans, syndicate, 
consortium. 
 
1. Kirish. 
Biznes loyihalarini moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirish hamda iqtisodiyotda 
xususiy sektor ulushini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Biznes loyihalarini 
moliyalashtirishda bank kreditlari, xususan, sindikatlashgan kreditlardan foydalanish 
biznes loyihalariga katta miqdorda moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyatini taqdim etadi. 
Yirik biznes loyihalarini moliyalashtirishda ba’zan bitta bankning moliyaviy holati yetarli 
bo‘lmasligi yoki mazkur holatda katta risk yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli yirik biznes 
III СОН. 2023 
СОЛИҚ ВА ҲАЁТ 
ЭЛЕКТРОН ИЛМИЙ ОММАБОП ЖУРНАЛ 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2023 
50 
loyihalari bir necha banklar tomonidan shakllantiriladigan sindikatlashgan kreditlar orqali 
moliyalashtiriladi. Mazkur amaliyot xorij tajribasida keng qo‘llanilsada, milliy amaliyotda 
rivojlantirishni talab etadi. Biznes loyihalarini baholash amaliyotining samarali tashkil 
etilmasligi, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, risklarni baholash bo‘yicha 
mutaxassislarning yetishmasligi kabilar biznes loyihalarini bank kreditlari hamda 
sindikatlashgan kreditlar orqali moliyalashtirish amaliyotlari rivojlanishiga to‘siq 
bo‘lmoqda. Shu boisdan biznes loyihalarini bank kreditlari va sindikatlashgan kreditlar 
orqali moliyalashtirish amaliyotini tahlil qilish dolzarblik kasb etadi. 
 
2. Adabiyotlar sharhi. 
Biznes loyihalarini bank kreditlari va sindikatlashgan kreditlar orqali 
moliyalashtirish amaliyotiga ko‘plab tadqiqotchilar va tadqiqot institutlari tomonidan 
e’tibor qaratilgan bo‘lib, ular tomonidan mazkur amaliyotning turli jihatlari o‘rganilgan. 
“Biznes loyihalarini moliyalashtirishda mablag‘lar, asosan, tijorat banklari va boshqa 
moliya institutlari tomonidan beriladi hamda mazkur mablag‘lar, odatda, loyihaning asosiy 
aktivlari hisobiga sekyuritizatsiya qilinadi. Qisqa muddatli moliyalashtirish manbalariga 
tayanadigan tijorat banklari uzoq muddatga qat’iy foiz stavkalari bo‘yicha kredit berishni 
istamasalarda, ular suzib yuruvchi va qat’iy belgilangan foiz stavkalari kombinatsiyasi 
orqali moliyalashtirishni tashkil qilishlari mumkin. Mazkur holat loyihaning foiz riskini 
kamaytiradi”
1

Gong va boshqalar (2023) sindikatlashgan kreditning bir qator jihatlariga to‘xtalib 
o‘tgan. “Birinchidan, sindikatlashgan kreditlar korporativ moliyalashtirish uchun muhim 
manba hisoblanadi. Shu boisdan bugungi kunda sindikatlashgan kredit bozori kengayib 
bormoqda. Ikkinchidan, hukumatlar tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida 
tashkil etilgan milliy taraqqiyot banklari va tijorat banklarining birgalikda kreditlash 
amaliyoti so‘nggi paytlarda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Chunki mazkur jarayonda 
milliy taraqqiyot banklari xususiy kapitalni faollashtirishda, Birlashgan Millatlar 
Tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan kelishilgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini 
moliyalashtirishdagi o‘rni muhim hisoblanadi. Uchinchidan, milliy taraqqiyot banklari 
tomonidan o‘zlarining kredit bilan bog‘liq ma’lumotlari har doim ham oshkor 
qilinavermaydi, mazkur holat empirik tadqiqotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi.
Ammo sindikatlashgan kredit bozoridagi kompaniyalar o‘zlarining kredit bilan bog‘liq 
ma’lumotlarini oshkor qilishlari shart, chunki ular listingdan o‘tgan kompaniyalar yoki 
davlat qarz qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qiluvchi xususiy kompaniyalar hisoblanadi” 
(Gong, Xu and other, 2023).
Shu boisdan sindikatlashgan kreditlar bozorini tadqiq qilish va o‘ziga xos jihatlarini 
o‘rganish lozim. 
Kanno (2022) tashqi moliyalashtirish manbalariga e’tibor qaratgan bo‘lib, “tashqi 
moliyalashtirishni uch turga bo‘lish mumkin: aksiyalarni ommaviy joylashtirish, moliya 
institutlaridan qarz olish va korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish. Tashqi 
moliyalashtirish, birinchi navbatda, aksiyalarni ommaviy joylashtirish orqali amalga 
oshiriladi”. Biroq, yuqorida ta’kidlangan tashqi moliyalashtirishning moliya institutlaridan 
qarz olish shakli banklardan kredit olish hamda sindikatlashgan kreditlar jalb qilish 
amaliyotlari ko‘rinishida bugungi kunda jahon miqyosida qo‘llanilmoqda. 
Amiraslani va boshqalar (2023) sindikatlashgan kreditlar bozoridagi muammoli holat 
va davlatning mazkur jarayondagi ishtirokiga to‘xtalib o‘tgan. “Davlat tomonidan kreditlash 
kreditorlarning sindikatlangan kredit bozorida keng ishtirok etishidagi muhim ziddiyatni, 
ya’ni qarz oluvchilarning kreditlash sindikatlariga tarqatilgan shaxsiy ma’lumotlarini 
himoya qilish muammosini hal qilish uchun paydo bo‘lgan. Sindikatga oshkor qilingan 
shaxsiy ma’lumotlar faqat kreditorlarning ssudadagi ishtiroki to‘g‘risida xabardor qilish 
1
Project finance in developing countries: IFC’s lessons of experience // International Finance Corporation, Washington, D.C., 1999. – p. 9. 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2023 
51 
uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bu ma’lumotlarning davlat qimmatli qog‘ozlari bozorlariga 
chiqib ketishi qarz oluvchilar, kreditorlar va tartibga soluvchilar uchun asosiy 
muammolardan hisoblanadi”. Demak, sindikatlashgan kreditlar amaliyotida qarz oluvchida 
ommaviy oshkor qilinishi ko‘zda tutilmagan biznes ma’lumotlari tarqalib ketish xavfi bor. 
Mazkur holatning oldini olish sindikatlashgan kreditlash amaliyotini yanada kengaytirishga 
xizmat qiladi, deyish mumkin. 
“Sindikatlashgan kreditlashda yetakchi tashkilotchilar qarz oluvchi bilan shartnoma 
bo‘yicha muzokaralar olib boradi va ishtirokchi kreditorlar bilan sindikat tashkil qiladi. 
Bunda har bir a’zo kreditning bir qismiga ega bo‘ladi. Ushbu turdagi shartnoma 
kreditorlarga o‘zlarining kredit risklarini diversifikatsiya qilish va qarz oluvchilar uchun 
moliyaviy operatsiyalar xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi” (Cortés, Tribó and 
other, 2020). 
Tompakoudis va boshqalar (2022) tomonidan COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan 
oldingi va keyingi sindikatlashgan kreditlar bozorining yalpi ichki mahsulotga ta’siri 
o‘rganilgan. “Yevropadagi 637 ta sindikatlashgan kredit qarz oluvchilarining 
ko‘rsatkichlaridan foydalanib, sindikatlashgan kreditlar bozorining pandemiya davridagi 
yalpi ichki mahsulotga ta’siri pandemiyadan oldingi davrga nisbatan ancha yuqori 
bo‘lganligi aniqlandi”. Pandemiya singari turli inqirozli holatlar yuz berganda qrz 
kapitaliga, shu jumladan, sindikatlashgan kreditlarga bo‘lgan talab oshadi. 
Abdullayeva (2003) tomonidan sindikatlashgan kreditlarning mazmun-mohiyatiga 
e’tibor qaratilgan. “Sindikatlashgan kredit bu birlashgan (konsortsium) 2 yoki undan ortiq 
kreditorlar bir qarzdorlarga kredit taqdim etadi. 
Bir guruh bank-kreditorlar ma’lum muddatga bo‘sh turgan moliyaviy resurslarini 
ma’lum bir obyekt yoki qarzdorni kreditlash maqsadida birlashtiradi. 
Bir yoki yetakchi bank-koordinatorlarning katta bo‘lmagan bir guruhi butun sindikat 
nomidan qarz oluvchi bilan kredit bitimi shartlari bo‘yicha muzokaralar olib boradi, kerakli 
summa yig‘ishini ta’minlaydi” (Abdullayeva, 2003). Mazkur kredit turini ko‘paytirish katta 
loyihalarni moliyalashtirish uchun qulay hisoblanadi. 
“Mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikda sindikat 
kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli 
qog‘ozlar joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrastrukturasini rivojlantirish va eksport-
import operatsiyalari bo‘yicha dasturlarni qo‘llab-quvvatlash” (Omonov, Qoraliyev, 2012) 
kabilarga davlat kredit siyosatida e’tibor qaratilishi lozim. 
Rashidov va boshqalar (2011) tomonidan “xususiy banklarning sindikatlari o‘z 
kreditlarini qarz oluvchi mamlakatlarga ular tomonidan Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot bankining kreditlarini olgan taqdirdagina taqdim etadi”, deya 
ta’kidlangan. 
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qo‘shilgan holda qayd etish lozimki, bank 
kreditlari hamda sindikatlashgan kreditlar orqali biznes loyihalarini moliyalashtirishda 
sindikatlashgan kreditlarning o‘rni va ahamiyatini o‘rganish hamda rivojlanayotgan 
mamlakatlarda yirik biznes loyihalarini moliyalashtirishda foydalanish lozim. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling