Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
3-§. Turli ishlar
214. Fazalar bo‘yicha ta’mirlashda, o‘chirilgan fazaning simiga ish joyida faqat bitta yerga ulagich o‘rnatiladi. Ushbu simda yerga ulagichdan 20 metrgacha bo‘lgan masofada ishlashga ruxsat etiladi. Bir necha brigadalar bir vaqtda ishlaganda, o‘chirilgan sim elektr jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan uchastkalarga ajratib bo‘linishi zarur. Har bir brigada uchun bitta yerga ulagich o‘rnatilgan alohida uchastka ajratiladi. 215. Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan HLda fazalar bo‘yicha ta’mirlash ishlari bajarilganda, yerga ulagichni o‘rnatish yoki olishdan oldin razryad yoyi tarqalmasligi uchun yoy so‘ndiruvchi moslama bilan jihozlangan shtanga yordamida simni oldindan yerga ulab qo‘yiladi. Shtanganing yerga ulovchi simi oldindan yerga ulagichga ulanadi. Bu shtanga faqat ko‘chma yerga ulagich o‘rnatilgandan (yoki olingandan) so‘ng olinishi mumkin. 216. Simlari gorizontal joylashgan HLni fazalar bo‘yicha ta’mirlash ishlari bajarilganda, kuchlanish ostida turgan simlarni ushlab turuvchi traversalar uchastkalariga o‘tish taqiqlanadi. 217. Tayanchning yerga ulanish qarshiligini o‘lchash paytida yashin qaytaruvchi trosning yerga ulagichga ulovchi simini ulash yoki olib qo‘yish dielektrik qo‘lqopda yoki trosni oldindan yerga ulagichga ulab qo‘yilgandan keyin bajarilishi lozim. 218. Kesimi 240 mm dan kam bo‘lmagan simlarda va kesimi 70 mm dan kam bo‘lmagan troslarda xodimlarning harakatlanishiga ruxsat etiladi. Ajratilgan simlarda va trosslar bo‘ylab harakatlanganda, himoya kamari ilgaklari simlarga, maxsus aravachadan foydalanilganda esa, aravachaga mahkamlanishi zarur. 219. HLni yoki havo almashlab-ulash punktini ko‘rikdan o‘tkazishda konstruksiya yoki tayanchga ko‘tarilish taqiqlanadi. 2 2 220. O‘tish qiyin bo‘lgan joylarda va noqulay ob-havo sharoitida HLni ko‘rikdan o‘tkazish ikki kishi tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda II guruhga ega bo‘lgan shaxs ko‘rikdan o‘tkazishni yakka o‘zi o‘tkazishi mumkin. Kunning qorong‘u vaqtlarida ko‘rikni sim ostida yurib o‘tkazish taqiqlanadi. Shikastlangan joyni izlash paytida HLni ko‘zdan kechiruvchi shaxslarda nosozlik topilgan joylarga o‘rnatish uchun ogohlantiruvchi plakatlar bo‘lishi kerak. 221. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan HLning uzilib yerda yotgan simlariga 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi. Bunday sim yaqinida odamlar va hayvonlarning yaqinlashishini oldini olish uchun nazoratchilar imkoni bo‘lgan hollarda ogohlantiruvchi plakatlar qo‘yishi va bu haqda elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berishi hamda ta’mirlash brigadasi yetib kelguncha kutib turish zarur. 222. Kuchlanish ostidagi 6 — 35 kV HLning temir-beton tayanchlariga, ularda izolyatorlarning ishdan chiqishi, simlarning tayanchga tegib turishi va boshqa sabablar natijasida yerga tok o‘tayotganlik alomati sezilsa (namlikning yerdan bug‘lanib ko‘tarilishi, tayanchda va tayanchning yerga kirgan joyida elektr yoyining hosil bo‘lishi va boshqa belgilar), tayanchlarga 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish man etiladi. 223. HLning transport magistrallari (temir yo‘llar, kema qatnovchi daryolar va kanallar) bilan kesishgan uchastkalarida ish olib borish uchun vaqtincha transport harakatini to‘xtatish yoki transport harakati tufayli HLda olib borilayotgan ishlarni to‘xtatib turish talab qilinsa, naryad beruvchi shaxs ish joyiga transport magistrallari harakati xizmatining vakilini chaqirishi kerak. Bu vakil zarur muddatga transport harakati to‘xtatib turilishini ta’minlashi yoki tarmoqda ishlayotgan brigadani yaqinlashayotgan transport to‘g‘risida ogohlantirishi shart. Transportni o‘tkazib yuborish uchun halaqit berayotgan simlar xavfsiz balandlikka ko‘tarib qo‘yiladi. 224. HLning asosiy va qishloqlararo yo‘llar bilan kesishgan yoki bevosita yaqinlashgan uchastkalarida ish olib borilganda, transport haydovchilarini ogohlantirish yoki transport harakatini to‘xtatish uchun Davlat avtomobil nazorati bilan kelishilgan holda ish bajaruvchi asosiy va boshqa yo‘llarga signal beruvchilarni qo‘yishi, shuningdek, “Ta’mirlash ishlari” yo‘l belgisini o‘rnatishi zarur. Zarur bo‘lganda, Davlat avtomobil nazoratining vakili chaqirtirilishi lozim. Signal beruvchilar HL bilan yo‘lning kesishgan yoki yaqinlashgan joyidan har ikki tomonda 100 metr uzoqlikda turishlari va ularda kunduzi qizil bayroqchalar, kechasi esa qizil chiroqlar bo‘lishi kerak. 225. Barcha turdagi tayanchlarga yoki kronshteynlarga o‘rnatilgan, shuningdek, tortilgan troslarga osilgan barcha xildagi yoritgichlarni tozalash va lampalarini izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lgan teleskopik minoradan turib almashtirish ishlari simlardan kuchlanishni olmasdan turib, farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin. Yerga ulagich simi yog‘och tayanch bo‘ylab tushirilmagan va faza simidan pastda o‘rnatilgan yoritgichlarda bunday ishlar tayanchdan turib yoki yog‘och narvonni qo‘yib bajarilishi mumkin. Ishni ish bajaruvchi elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan bir yoki bir nechta brigada a’zolari bilan birga bajarishi zarur. 226. Yerga ulagich simi tayanch bo‘ylab tushirilgan yog‘och tayanchlardagi, temir-beton va metalldan yasalgan tayanchlardagi va kronshteynlardagi yoritgichlarni izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan yoki tayanchdan turib yoxud yog‘och narvonni qo‘yib tozalash va lampalarini almashtirish naryad bo‘yicha, tayanchga osilgan barcha simlardan kuchlanishni olib tashlab, ularga yerga ulagich o‘rnatilgandan keyin bajarilishi zarur. Ushbu bandda va mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 225-bandida ko‘rsatilgan ishlarni bajarishda yoritgichlarga faqat ish bajaruvchi yoki elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi ko‘tarilishiga ruxsat etiladi. 227. Gazorazryadli lampalarning ishga tushirish-rostlash apparatlarida ishlaganda, uni yoritgichning umumiy sxemasidan o‘chirishdan oldin simni tarmoqdan uzib, statik kondensatorlarini (zaryadsizlovchi qarshiliklar bo‘lishidan qat’iy nazar) zaryadsizlash zarur. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling