Iste’molchilar tanlovi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


-chizma. Befarqlik kartasi


Download 215.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana18.06.2023
Hajmi215.56 Kb.
#1591768
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi1

3-chizma. Befarqlik kartasi. 
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud 
bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch 
egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Zanjirlash 
to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan 


tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq 
afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda iste‘molchi ko‘proq tovarlar to‘plamini 
sotib olishni afzal ko‘radi. Biroq kutilgan natija uning harid qilish imkoniyatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Bozor tovarlar narxini belgilaydi, afzal ko‘rishni esa iste‘molchi 
daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda 
iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet 
cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida 
narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan 
miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi byudjetining 
cheklanganligini 
grafikda 
ikki 
turdagi 
tovarni 
sotib 
olishning 
turli 
kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi byudjet chizig‘i shaklida ham aks ettirish mumkin. 
Iste’molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar 
narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
4-chizma. Byudjet chizig’i 
Agar barcha daromad A tovarni sotib olishga sarflansa, narxlarning mavjud 
darajasida iste‘molchi uning K nuqtaga teng bo‘lgan miqdoriga ega bo‘ladi, bunda 
u B tovarning biror donasini ham xarid qila olmaydi. Boshqa shunday vaziyat yotiq 
o‘qning M nuqtasida aks etadi.
K va M nuqtalarni bog‘lovchi chiziq byudjet cheklanganligini ifodalaydi. 
Narx va daromadlarning mavjud darajasida iste‘molchi ikki tovarning byudjet 
chizig‘i tashqarisidagi har qanday uyg‘unlashgan miqdorini xarid qila olmaydi.


Iste‘molchi tovarlarni xarid qilishning muvozanati nuqtasi mavjud 
cheklangan daromadlar darajasida mumkin bo‘lgan maksimal naflilikni ifodalaydi.
Muvozanatli nuqtaga erishgach iste‘molchi o‘z xaridining tarkibini 
o‘zgartirishga har qanday rag‘batni yo‘qotadi, chunki bu naflilikning yo‘qotilishini 
bildiradi.
Shunday qilib, iste‘molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi 
byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi 
iste‘molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning 
muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma‘lum cheklangan miqdorini 
sotib olish imkoniyati orqali ifodalanad
8
. Iste‘molchi byudjetining cheklanganligini 
grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinattsiyalarini ko‘rsatuvchi 
byudjet chizig’i shaklida ifodalanadi. 

Download 215.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling